$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Keyingi yilda Rossiyaning ayrim viloyatlarida migrantlar ishlay olmaydigan sohalar ikki baravardan ko‘proqqa oshadi

Migrant

Rossiyaning Tver viloyatida 2025-yildan boshlab chet el fuqarolari ishlay olmaydigan iqtisodiyot sohalari ro‘yxati ikki baravardan ham ko‘proqqa kengaytirildi. Bu haqda TASS axborot agentligi ma’lum qildi.

36 tadan 82 taga

2024-yilda chet ellik ishchilardan foydalanish 36 ta iqtisodiy faoliyat turida taqiqlangan bo‘lsa, kelgusi yilda bu ko‘rsatkich 82 taga yetkaziladi.

Ta’kidlanishicha, iqtisodiy faoliyatning 52 turi bo‘yicha to‘liq taqiq joriy etiladi, 30 tasida esa ayrim kasblarga cheklovlar qo‘yiladi.

Butunlay taqiqlanadigan sohalar

Kelgusi yildan boshlab elektr energiyasi, gaz va bug‘ bilan ta’minlash; suv olish, tozalash va taqsimlash; oqova suvlarni yig‘ish va qayta ishlash; kompyuter ishlab chiqarish; hamda suv transporti faoliyatida chet ellik ishchilardan foydalanish butunlay taqiqlanadi.

Taqiq joriy qilinadigan sohalar

Nashriyot, televideniye faoliyati, radioeshittirish, ko‘ngilochar tadbirlar tashkil etish, kompyuter dasturiy ta’minoti va dasturlarini ishlab chiqish, kompyuterlar va shaxsiy foydalanish buyumlarini ta’mirlash, ilmiy tadqiqotlar, axborot texnologiyalari sohasidagi faoliyat, ijara va lizing, veterinariya, sayyohlik agentliklari, jamoat va notijorat tashkilotlari, xavfsizlikni ta’minlash hamda boshqa faoliyat turlariga ham taqiq joriy etilgan.

Taqiq ro‘yxatidagi ayrim kasblar

Bundan tashqari, ayrim kasblar bo‘yicha taqiq ro‘yxatiga o‘simlikchilik va chorvachilik, baliqchilik, go‘sht va baliqni qayta ishlash, sut mahsulotlari, non va non mahsulotlari, o‘simlik yog‘lari va yog‘lar, un mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari, hayvon yemlari, qog‘oz, neft mahsulotlari, kimyoviy moddalar, dori-darmonlar va tibbiy materiallar ishlab chiqarish ham kiritilgan.

Shuningdek, cheklovlar elektr uskunalari, transport vositalari, mebel ishlab chiqarish, ta’mirlash, mashina va uskunalarni o‘rnatish hamda boshqa faoliyat turlariga ham taalluqlidir.

Теги :
Jamiyat