$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada soxta nikohlarning oldini olish uchun yangi qonun loyihasi ma’qullandi

nikoh

Rossiyada so‘nggi yillarda migratsiya maqomini olish uchun tuzilgan nikohlar sezilarli darajada o‘sdi. 2021-yildan beri 4,300 dan ortiq nikohlar qayd etilgan bo‘lib, ular asosan migratsiya maqomini qo‘lga kiritish maqsadida tuzilgan. Ularning aksar qismida kelinning yoshi kuyovdan ancha katta bo‘lgan.

Migratsiyadagi firibgarliklarga nisbatan yangi qonun

Bu holat migratsiya qonunchiligida firibgarlikning keng tarqalgan shakli sifatida ko‘rilmoqda. Rossiya hukumati bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida bir nechta qonuniy choralarni ko‘rayotganini ma’lum qildi.

Endilikda Rossiya Davlat Dumasi chet el fuqarosining mamlakatda doimiy yashash ruxsatnomasini olish uchun zarur bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi bilan birga yashash muddatini 3 yilga oshirgan tuzatishni ma’qulladi.

Volodin muhojirlardan “kampirlarni yo‘ldan urmaslikni” talab qildi

Parlament quyi palatasi raisi Vyacheslav Volodin ham deputatlarni rossiyalik pensionerlarning noqonuniy sxemalarga jalb etilishiga qarshi turishga chaqirdi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada 2025-yilda mamlakatda noqonuniy qolgan muhojirlarni nazorat qilish uchun reyestrni ishga tushirish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgan edi. U kelasi yilning mart oyidan ish boshlaydi.