$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘ziga xos “yechim”: Rossiya ombudsmani migrant bolalarni nogiron bolalar toifasiga tenglashtirmoqchi

Morokov

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Igor Morokov migrant oilalardan kelgan o‘quvchilarni nogiron bolalar toifasiga tenglashtirish taklifini berdi. Morokov buni migrant bolalarni rus tilini bilmasligiga oid muammoga yechim qilib keltirgan.

Yechimmi yoki kamsitish?

Ma’lum qilinishicha, Sverdlovsk viloyatidagi bola huquqlari bo‘yicha vakil Igor Morokov migrant oilalardan kelgan o‘quvchilarni nogiron bolalar toifasiga tenglashtirish kerakligini aytdi. 

Ushbu jarayonda Morokov Rossiya maktablarida tahsil olayotgan, ammo rus tilini bilmaydigan o‘quvchilarning mavjudligi bilan bog‘liq muammoga “yechim” taklif qildi. Ombudsman bu o‘quvchilar soni kam bo‘lgan sinflarni tashkil etish va o‘qituvchilarga qo‘shimcha haq to‘lash imkonini berishini aytdi.

“Migrant bolalar” o‘qitiladigan alohida maktablar

“Bugungi kunda bizda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar toifasi mavjud. Bular imkoniyati cheklangan bolalar, nogiron bolalar hisoblanadi. Menimcha, bu bolalarni (migrant bolalarini) ham shu toifaga kiritish lozim,”— dedi u.

Shuningdek, ushbu migrantlarning farzandlarini alohida, kichikroq sinflarda tilni chuqurroq o‘rganish bilan o‘qitish imkonini berishi ta’kidlandi. Morokov Yekaterinburgda “bu toifadagi o‘quvchilar soni ancha ko‘p bo‘lgan” ikkita maktab borligini aytib, 149-sonli maktabni misol qilib keltirdi. U o‘quvchilarning 90 foizi “migrant bolalar” ekanini ta’kidladi.

“Ularning barchasi dushanba kunlari Rossiya madhiyasini kuylaydi. Ular madhiyani yoddan biladi, garchi rus tilida yaxshi gapira olmasalar ham. Biz hech qachon tavsiya etilganidek, sinfda atigi uch nafar o‘quvchi bo‘lishini ta’minlay olmaymiz,”— deya qo‘shimcha qildi Igor Morokov.