$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mikroplastiklar nafas yo‘li orqali inson miyasigacha yetib borishi mumkinligi aniqlandi

microplastics

Mikroplastiklar avvallari odam o‘pkasi, ichaklari, jigari, qoni va tuxumdonlarida aniqlangan bo‘lsa-da, uzoq vaqtdan beri tanadagi gematoensefalit himoya to‘sig‘i zarrachalarning miyaga yetib borishiga to‘sqinlik qilishi mumkinligiga ishonilgan.

Bu qanday boʻlishi mumkin?

Yangi tadqiqotda esa hid bilish piyozchasi orqali “mikroplastiklarning miyagacha yetib borishi uchun yo‘l” borligi taxmin qilinmoqda.

Germaniya va Braziliya olimlari ilk bor inson miyasida mikroskopik mikroplastiklarni topdi. Olimlar Braziliyaning San-Paulu shahrida vafot etganlarning miya to‘qimalarini o‘rganishgan. Marhumlarning yoshi 33 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan.

15 nafar marhumdan 8 nafarining miya hid bilish piyozchasida jami 16 ta sintetik polimer (plastik) zarralari va tolalari topilgan. Ehtimol, bu zarralar inson tanasiga hayoti davomida kirgan, chunki kichik suzib yuruvchi mikroplastiklar hamma joyda mavjud.

Eng keng tarqalgan plastmassa

Deyarli 44 foiz hollarda plastik polipropilen bo‘lib, u qadoqlashdan tortib kiyim va uy jihozlarigacha ishlatiladigan eng keng tarqalgan plastmassa turlaridan biri hisoblanadi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, bu “ichki muhit nafas yo‘li bilan organizmga kiruvchi mikroplastiklarning asosiy manbai” ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu mikroplastiklar miya holatiga ta’sir qilishi mumkinmi? Olimlarning fikricha, bu hali aniq emas, lekin bu alohida tadqiqot mavzusi bo‘lishi mumkin.