$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi qayerda qaysi metan-shoxobcha ishlayotganini onlayn tarzda bilishingiz mumkin

Oil

Energetika vazirligi O‘zbekistonda metan-shoxobchalarning ochiq yoki yopiq ekani va u yerdagi tirbandlikni ko‘rsatuvchi mobil ilova ishlab chiqilayotgani haqida ma’lumot berdi.

Energetika vazirligi matbuot kotibi Hasan Toshxo‘jayevning bergan ma’lumotiga qaraganda, ilovaga butun respublika bo‘ylab “Hududgazta’minot”dan gaz sotib oladigan 1329 ta shoxobcha kiritiladi.

Ilova 24 soat davomida ishlaydi

22-aprel kungi matbuot anjumanida Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Hasan Toshxo‘jayev “Hududgazta’minot” tasarrufidagi metan-shoxobchalarning qaysi biri, qayerda ishlayotganini 24 soat davomida ko‘rsatib turuvchi mobil ilova ishga haqida aytib o‘tdi. “Qish oylarida ko‘pchilikni o‘ylantirgan savol bor edi: “Qayerda metan-zapravka ishlayapti, shu haqda ma’lumot bersanglar”, degan. Bundan bu yog‘iga 24 soat davomida “Hududgazta’minot” tasarrufidagi metan-zapravkalarning qaysi biri, qayerda ishlayapti... Bu “Yandeks” bilan hamkorlikda qilinayotgani uchun qayerda qanaqa tiqilinch borligi haqidagi ma’lumotlar onlayn tarzda uzatilar ekan”, – dedi u.

Yandex Go ga integratsiya qilinadi

Qayd etilishicha, ushbu ilova butun respublika bo‘yicha ishlaydi. “Hududgazta’minot” tomonidan ishlab chiqilayotgan ilova Yandex Go taksi ilovasiga integratsiya qilinadi. Lekin tizimning o‘zi “Yandeks”ning ichida emas, undan alohida ilova bo‘ladi. Mutaxassislar bu funksiyani Yandex Go taksi ilovasiga qo‘shishga ham harakat qilishyapti, mabodo sizda Yandex Go ilovangiz bo‘lsa, qayerda zapravka ishlayotgan bo‘lsa, ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi. Ammo “Hududgazta’minot” alohida metan zapravkalar uchun ilova ustida ishlayapti. Yandex Go bilan integratsiya qilinib, real vaqt rejimida qayerda qancha tirbandlik bor, qayerda qancha kutishga to‘g‘ri kelishini, siz turgan hududdan eng qulay zapravkani ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Ilovaga 1329 ta AGTKS kiritiladi

 “Hududgazta’minot” tasarrufida bugungi kunda butun respublika bo‘yicha 1329ta AGTKS bo‘lib, kompaniya bilan shartnoma tuzgan barcha shoxobchalar ilovaga kiritiladi.

“Kelgusida ilovada qaysi zapravka bo‘lmasa, demak u “Hududgaz” bilan shartnoma tuzmagan va gazni “Hududgazta’minot” AJdan olmaydi. Ilova joriy yilning kuz-qish mavsumida ishga tushishi reja qilinyapti. Qishda haydovchilarning qo‘lida ilova bo‘ladi”, – deydi vazirlik matbuot kotibi.

Elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi ma’lumotlarini ko‘rsatuvchi ilovalar

Iste’molchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida elektr energiyasi va tabiiy gaz sarfi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etuvchi mobil ilovalar ishlab chiqilmoqda. Hozirda iste’molchilar bu ma’lumotlarni “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” rasmiy saytlarida shaxsiy kabinet orqali olishlari mumkin. Ma’lumot uchun, kuz-qish mavsumida, sovuq kunlarda tabiiy gaz bosimi kamayishi tufayli gazni birinchi navbatda aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlariga yetkazish maqsadida metan-shoxobchalar faoliyatiga odatiy ravishda cheklov kiritiladi. Bu esa shoxobchalar oldida juda uzan navbatlarni yuzaga keltiradi.