$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

“O‘zbekistonning dekarbonizatsiya strategiyasini ilgari surish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida memorandum imzolandi

memorandum

11 – 22-noyabr kunlari Boku shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Tomonlar konferensiyasi 29-sessiyasi (COP29) doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligi delegatsiyasi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuvda “O‘zbekistonning dekarbonizatsiya strategiyasini ilgari surish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Hamkorlik yo‘nalishlari kelishib olindi

Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda YTTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holati, xususan, O‘zbekistonda metan emissiyasini qisqartirish sohasida olib borilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: O‘zbekiston 2022-yilda butun dunyo bo‘ylab metan emissiyasini qisqartirishga qaratilgan Global metan majburiyatiga (Global Methane Pledge) qo‘shilgan.

Shuning bilan birga, tomonlar Oʻzbekistonning Parij bitimi boʻyicha oʻz majburiyatlariga muvofiq, Oʻzbekistonning uzoq muddatli kam uglerodli rivojlanish va iqlimga chidamli strategiyasini amalga oshirish yuzasidan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini kelishib oldi.

Ushbu yo‘nalishdagi hamkorlikning ilk qadami sifatida Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda YTTB o‘rtasida “O‘zbekistonning dekarbonizatsiya strategiyasini ilgari surish va yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha hamkorlik” to‘g‘risida anglashuv memorandumi imzolandi.

Moliyaviy tizimni yashillashtirish bo‘yicha dastur tashkillashtiriladi

Shuningdek, mazkur memorandum doirasida 200 million AQSh dollarigacha bo‘lgan miqdorda moliyaviy tizimni yashillashtirish bo‘yicha maxsus moliyaviy dasturni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun moliyaviy mexanizmlarni o‘rganish va joriy qilish ko‘zda tutilmoqda.

Uchrashuv yakunida, tomonlar memorandum doirasida O‘zbekistonda moliya sektorini yashillashtirish, chiqindi va suv sektorlarida metan emissiyasini kamaytirish bo‘yicha investitsiya dasturini ishlab chiqish hamda suv, oziq-ovqat va energiya uchun “Nexus” bo‘yicha mamlakat platformasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi.