$
 12803.06
26.0
 13902.84
-17.77
 131.84
0.4
weather
+26
Кечаси   +14°

Belboqqa yolchimagan bo‘zchilar: Yagona milliy mehnat tizimidagi xodimlar nimadan norozi?

elektron kompyuter gadjet ishchi xodim

YMMT, ya’ni Yagona milliy mehnat tizimi hukumatimizning axborotlashtirish va elektronlashtirish borasidagi eng katta yutuqlaridan biri hisoblanadi.

Tizim qog‘ozbozlikning oldini olishda qanchalik muhim rol o‘ynamoqda?

YMMTda O‘zbekistondagi millionlab ishchi-xodimlarning ish faoliyatiga doir muhim ma’lumotlar, masalan, keyinchalik pensiyaga chiqishi uchun zarur bo‘ladigan mehnat stajiga doir ma’lumotlar yuritiladi. Misol uchun, mehnat daftarchalarini yuritish ham ayni paytda YMMT orqali elektron tarzda amalga oshirilmoqda. Hozirda bu tizimni mehnat munosabatlarida qog‘ozbozlikning oldini olishda juda muhim qadamlardan biri bo‘ldi deyish mumkin.

Tizim fidoiylarining mehnati qadrlanmayaptimi?

Oxirgi 4 yil ichida mazkur tizimni hozirgi holatga keltirish oson bo‘lmagani ta’kidlanadi. Yuz minglab korxona va tashkilotlarni bu tizimga jalb qilish va ulardagi millionlab xodimlarning ma’lumotlarini tizimga kiritish naqadar og‘ir bo‘lganini bu tizimni ishlab chiqqan va ishga tushirgan mutaxassislar juda yaxshi biladi. Ularga oson bo‘lmagani aniq.

“Ko‘pchilik YMMT tizimiga mas’ul bo‘lgan YMMT IDAK degan tashkilotda yuzlab xodimlar ishlaydi deb o‘ylaydi. Aslida, bu tashkilotda bor-yo‘g‘i 15-16 nafar xodimlar faoliyat yuritadi xolos, — deb yozmoqda huquqshunos Saidali Muxtorov — ularni biz tizimning ustunlari va fidoiylari deb hisoblaymiz. Tizimning bir maromda ishlashi mana shu 15-16 nafar mutaxassislarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Lekin bilishimcha, ushbu mutaxassislarga to‘lanadigan oylik ish haqlari oxirgi 2-3 oy ichida keskin darajada pasaytirib tashlangan. Albatta, bunday salbiy holatlar jamoaning kayfiyatiga yomon ta’sir qilgani aniq.”

Xodimlar ish tashlash qilmoqchi

Huquqshunosning ma’lum qilishicha, u bilan aloqaga chiqqan va YMMTni joriy qilishda faollik ko‘rsatgan ayrim mutaxassislar hozirgi maosh oilani tebratish uchun yetmasligini, shu ketishda ishdan bo‘shab ketishga majbur bo‘lishlarini aytmoqda. SHu o‘rinda savol tug‘iladi, nahotki, yuz minglab ish beruvchilar va millionlab ishchi-xodimlarning taqdiriga mas’ul bo‘lgan bor-yo‘g‘i 15-16 nafar xodimning ish haqini barqaror saqlash imkoni bo‘lmasa? Axir YMMT tizimining buguni ham, kelajagi ham unga mas’ul bo‘lgan shu mutaxassislarga bog‘liq-ku. Mutaxassislarning oyliklari keskin qisqarishi tizimning uzoq muddatli barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas, chunki ularning tajribasi va fidoiyligi tizimning ishlashida muhim rol o‘ynaydi.

Ma’lumot uchun, “YMMT” IDAK Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tasarrufidagi tashkilot hisoblanadi.