$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonda rostdan ham "McDonald’s" fast-fud tarmog‘i ochiladimi?

McDONALD

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda tez orada "McDonald’s" fast-fud tarmog‘i ochilishi mumkin, degan xabarlar tarqala boshladi. Xo‘sh, vaziyat aslida qanday?

“Reach Impex”dan Alisher Usmonovning ukasigacha

Kuni kecha O‘zbekistonda "McDonald’s" savdo belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun arizalar topshirilgani haqida xabar tarqaldi. Shundan kelib chiqib, mamlakatning ko‘plab kanallar va ommaviy axborot vositalarida "O‘zbekistonda ilk bor "McDonald’s" fast-fud restoranlari tarmog‘i ochilishi mumkin", "Alisher Usmonovning ukasi O‘zbekistonda "McDonald’s" fast-fud tarmog‘ini ochmoqchi" va shunga o‘xshash sarlavhalar ostidagi xabarlar tarqala boshladi. Bunga sabab sifatida “Reach Impex” tomonidan Adliya vazirligiga tegishli ariza bilan murojaat qilgani, shundan so‘ng tegishli yozuvlar Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali bazasida 11-mart kuni 202401749 va 202401748 raqamlari ostida ro‘yxatdan o‘tkazgani haqidagi fotolar tarqalganini ko‘rishimiz mumkin. Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlarga ko‘ra, “Reach Impex” mas’uliyati cheklangan jamiyati Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, u 2022-yilning 19-aprelida ro‘yxatdan o‘tgan. Ustav kapitali 211,1 mln so‘m bo‘lgan kompaniyaning ta’sischilari sifatida Usmonov Bahodir Burxonovich (60%) va Abdujabbarov Abror Axralovich (40%) ko‘rsatilgan. "Reach Impex" kompaniyasi, hozirda "Uzum" bozorida tish cho‘tkalarini sotmoqda.

"Orbit"ning suddagi o‘zbekistonlik tadbirkorga mag‘lubiyati

Vaziyat aslida umuman boshqacha. Ma’lum bo‘lishicha kompaniyaning hammuallifi avvalroq "Polymer Business Group" kompaniyasiga rahbarlik qilgan. U 2008 yilda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazgan. Bu nom — "Orbit". Keyinchalik aniqlanishicha, bu kompaniya, shunchaki, ro‘yxatdan o‘tmagan, balki boshqa kompaniyaga shu nomdagi tish cho‘tkalarini ishlab chiqarish va sotishga ruxsat bergan. "Orbit" saqichini ishlab chiqaruvchi amerikalik "Wrigley" kompaniyasi bundan xabar topgan va uni sudga beradi, biroq mashhur kompaniya sudda yutqazadi. Unga ko‘ra, sud tish cho‘tkalari va saqichlar boshqa narsalar degan xulosaga kelib, bu masalada hech qanday qoidabuzarlik yo‘q, degan qarorga keladi.

O‘zbekcha "biznes o‘yini"

Oradan vaqt o‘tib, yuqorida ko‘p bor eslaganimiz, "Polymer Business Group" yopiladi va shu kecha-kunduz nomi ko‘p bor tilga olinayotgan "Reach Impex" ochiladi. Aniqlanishicha, ushbu kompaniya ham turli sohalardagi mashhur savdo belgilariga ega ("Pepsodent", "Jaco", "Qishloqdagi uy", "Mening oilam", "Kroshka Kartoshka" va boshqalar). Tushunarli bo‘lishi uchun bu mashhur nomlarni qayta band eta olgan turli kompaniyalardan foydalanadigan bir kompaniyaning "biznes o‘yini". Avvaliga "Orbit" bor edi, endi "McDonald’s", ertaga "Starbucks" bo‘lishi ham mumkin. Ma’lum bo‘lishicha, "McDonald’s" savdo belgilari O‘zbekistonda bundan acha avval ro‘yxatdan o‘tgan. "McDonalds" korporatsiyasi bu ishni 1990-yilda amalga oshirgan. Ushbu hujjatning amal qilish muddati 2024—2025 - yillarda tugashi kerak. Yuqorida ma’lum qilganimizdek, nima bo‘lganda ham nazariy jihatdan har qanday kompaniya bu nomdan foydalanishi va mualliflik huquqini to‘xtatishga harakat qilishi mumkin, bunda kompaniya "McDonald’s" brendi ostida biror narsani, masalan, paypoqlarni chiqarishi mumkin bo‘ladi.

O'zbekistonda nima uchun "McDonald's" yo'q?

Shu o'rinda sizda savol tug'ilishi mumkin. O'zbekiston bozorida hali hamon nima uchun "McDonald's" yo'q? Qozog'iston, Rossiya va Belarussiyadagi franchayzlar nima sababdan faoliyatini tugatdi? Ma'lum bo'lishicha, O‘zbekistonda franchayzing sotib olmoqchi bo‘lganlar bo‘lgan va hozir ham ular mavjud, ammo ulardan hech bir ish chiqmaydi – ular talablarga javob berar darajag qodir emas. Bu eng asosiy va oddiy sabab. "McDonald's" kapitali 210 milliard dollarni tashkil etadi. (bu "BMW" va "Mercedes"ning jamlangan ulishdan ham ko'p) Uning daromadi ayrim mamlakatlar yalpi ichki mahsuloti bilan solishtirish ham mumkin (o'tgan yili bu ko'rsatkich 23 milliard dollarni tashkil etgan). Ma'lumot uchun, Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsulot hajmi qariyb 91 mlrd AQSH dollarini tashkil qiladi. 

Markaziy Osiyodagi yagona tarmoq

"McDonald's" juda katta korporatsiya bo'lib, tabiiy ravishda ularning talablari ham shunga yarasha juda yuqori. Masalan, Markaziy Osiyoda kompaniya standartlariga javob beradigan birorta ham go‘sht ishlab chiqaruvchi korxona mavjud emas. Shu sabab, Qozog'istonning "McDonald's"tarmog'i kotletlari uchun go'shtni Rossiyadan olib kelgan va bu ish u yerda Italiyaning "Cremonini" kompaniyasining (taniqli jahon ishlab chiqaruvchisi) zavodi borligi uchungina sodir bo'lib kelgan.

Yuqori sifat va shunga mos talablar

2022-yilda "McDonald's" Rossiyani tark etdi va o'zining qozog'istonlik franchayzisiga Rossiyada go'sht sotib olishni taqiqladi. Shundan so'ng, Qozog'iston vakili variantlarni qidira boshladi, ammo topa olmadi. Bu vaziyatda go'shtni Yevropadan olib kelish juda qimmat bo'lib chiqadi va Qozog'istonda "McDonald's" standartlariga javob beradigan ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishning iloji topilmagan. Shu tariqa Qozog'istondagi "McDonald's" voqeasi shunday yakun topadi. Go'sht birgina oddiy misol. Ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya barcha mahsulotlarga, hatto oddiy tuzga ham juda talabchan. Kompaniyada butun ta'minot zanjiri rasmiy va shaffof bo'lishi talab qilinadi. Tabiiyki O'zbekiston uchun bu katta muammo tug'diradi. "McDonald's" barcha jarayonlarni bilishi va ko'rishi kerak, don kimda va qanday yetishtirilishidan boshlab, undan keyingi maxsus non uchun un tayyorlanishigacha. Bundan tashqari, unda faqatgina maxsus sertifikatlashdan o'tgan va istalgan vaqtda audit tekshirishlariga tayyor bo'lgan yetkazib beruvchilargina ishlashga ruxsat etiladi.

Qisqa qilib aytganda, O'zbekistonda yaqin 3-4 yillik ichida bunday imkoniyatlar hali paydo bo'lmaydigandek ko'rinadi.