$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston mahsulotlari bozorlarni boy bermoqda

meva eksport fruits export

EastFruit xalqaro axborot-tahliliy portali O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni eksport qilish shartlari yomonlashganini ma’lum qildi.

Yangi qonun va uniing hosiloti

EastFruit xalqaro axborot-tahliliy portali O‘zbekistondan sabzavot va mevalarni eksport qilish shartlari yomonlashganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2024-yil 14-maydan boshlab ba’zi sabzavot va mevalarning tavsiya etilgan narxlarini minimal narxlarga o‘zgartiradi. Portalning qayd etishicha, endilikda O‘zbekistondan meva-sabzavot mahsulotlarini mutaxassislarning bozor konyunkturasi haqidagi tasavvuridan kelib chiqib belgilagan narxlardan pastroq narxlarda olib chiqish taqiqlanadi.

G‘alati qaror

Ajablanarlisi, narx har bir mahsulot uchun sifat toifalari, navlari va boshqalar bo‘yicha gradatsiyalarsiz belgilanadi, nashr qaydicha, bu meva va sabzavotlar uchun mutlaqo bema’nilikdir. O‘zbekiston Eksportchilar uyushmasi rahbari Yorqinjon Malikov ham mahalliy nashrlarga bergan intervyusida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti sohasida qator muammolar borligini tan olgan.