$
 12707.95
57.69
 14099.47
115.87
 140.95
-1.01
weather
+26
Кечаси   +14°

Kartadagi pulni naqdlashtirib olish kamaymoqda — Markaziy bank

Bankomat

2024-yil yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 30 foizga o‘sdi. Bu bo‘yicha Markaziy bank sharhi taqdim etildi.

Banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 458 trln. soʻm

Hisobotga ko‘ra, umumiy pul tushumlarida terminal orqali tushumlar ulushi 2023-yil birinchi yarim yilligidagi 38 foizdan 41 foizga o‘sib, uning tarkibida savdo va xizmatlar sohasidan terminal tushumlari salmog‘i 40 foizdan 45 foizga yuqorilagan.

2024-yil yanvar-iyun oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 458 trln. so‘mni (naqd pul tushumlari — 227 trln. so‘m, berilgan naqd pullar — 231 trln. so‘m) tashkil etgani holda 2023-yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshdi.

Kartalardagi pullarning 23 foizi naqdlashtirildi

Yanvar-iyun oylarida umumiy pul tushumlari 385 trln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilga qaraganda 30 foizga o‘sdi. Bank kartalaridagi pullarning 23 foizi naqdlashtirib olindi (2023-yilning mos davrida 24 foiz edi). Naqd pullar ulushi 3,7 foiz bandga pasayib, 21,1 foizni tashkil qildi.

Pullarni naqdlashtirish oʻtkan yillarga qaraganda kamaygan

Banklarga naqd pullar tushumining tarkibiy tuzilishida keskin o‘zgarishlar kuzatilmadi. 2024-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga 468 trln. so‘m mablag‘lar kirim qilindi. Ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 1,3 barobarga oshdi va ushbu davrda bank kartalaridagi 107 trln. so‘m mablag‘lar naqdlashtirib olindi. 2024-yil yanvar-iyun oylarida bank kartalariga kelib tushgan mablag‘larning 23 foizi naqdlashtirib olingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davrida 24 foizni (2022-yilda 28 foizni) tashkil etgan.

Muomalaga chiqarilgan qoʻshimcha 4,1 trln. soʻm

Banklarga tushgan naqd pullarning ularga bo‘lgan talab o‘rtasidagi farq Markaziy bank tomonidan muomalaga qo‘shimcha naqd pullarni chiqarish orqali ta’minlab borildi. Jumladan, Markaziy bank tomonidan 6 oy mobaynida muomalaga qo‘shimcha 4,1 trln. so‘m naqd pullar chiqarildi. 2024-yil 1-iyul holatiga umumiy pul massasidagi naqd pullarning ulushi 21,1 foizni tashkil qilib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,7 foiz bandga pasaydi.