$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Toshkentda ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazi ochildi

markaz

Bugun Toshkent shahrida Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Markaz vazifasi nimalardan iborat?

O‘zbekiston aholini ijtimoiy himoya qilish milliy agentligi, Kolumbiya universiteti, UNICEF va boshqa hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik natijasi bo‘lgan ushbu markaz aholini ijtimoiy muhofaza qilishning dolzarb masalalari bo‘yicha ilg‘or innovatsiyalarni taʼminlashga xizmat qiladi.

“Ushbu markazning tashkil etilishi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichini anglatadi. Markaz nafaqat bilim va innovatsiyalar manbai, balki ijtimoiy ish xodimlari eng yaxshi amaliyotlar va tajriba almashishlari mumkin bo‘lgan joy bo‘lib xizmat qiladi”, dedi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva.

Ijtimoiy adolat va hayot sifatini yaxshilash

Markaz faoliyati O‘zbekistonda ijtimoiy taʼminot tizimini takomillashtirishga qaratilgan. Uning faoliyati xodimlarning kasbiy rivojlanishiga, samarali dasturlar va metodikalarni yaratishga, mazmunli tadqiqotlar o‘tkazishga va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga yordam beradi.

“Oilalar va jamoalar bilan aloqada bo‘lgan o‘qitilgan ijtimoiy xizmat xodimlari bolalarni himoya qilish uchun juda muhimdir. Bolalarni himoya qilish sohasidagi fidoyi va malakali kadrlar saʼy – harakatlar va resurslarni muvofiqlashtirish hamda adolat va ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash va taʼlim, xavfsizlik va tabiy ofatlar xavfini kamaytirish kabi barcha sohalardagi bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini taʼminlash uchun zarurdir,” dedi YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Kastijio.

Bularning barchasi, o‘z navbatida, aholining barcha qatlamlari uchun ijtimoiy adolat va hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Ijtimoiy xizmat xodimlarining ahamiyati

Ijtimoiy xizmat xodimlari kambag‘allikni kamaytirish, xavflarni aniqlash va boshqarish, shuningdek, bolalar va oilalar farovonligini oshirish uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish va taʼminlashni osonlashtirish orqali hamjamiyatlardagi bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlashda markaziy rol o‘ynaydi. 

Buni taʼminlash uchun markaz ijtimoiy himoya va ijtimoiy xizmatlar sohasida taʼlim, tadqiqot va amaliyotni rivojlantirishga qaratilgan mustahkam taʼlim infratuzilmasini taklif etadi.

Kolumbiya universitetining mentorlik yordamiga tayaniladi

Markaz Kolumbiya universiteti ijtimoiy ish maktabining (CSSW) akademik rahbarligi va mentorlik yordamiga tayanadi, Kolumbiya universitetining ijtimoiy ish bo‘yicha yetakchi rolidan foydalanib, zaif aholi va mahalliy hamjamiyatlar farovonligini yaxshilaydigan innovatsion, dalillarga asoslangan saʼy-harakatlarni hamda ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlaydi.

Теги :
Jamiyat