$
 12496.94
-62.32
 14405.22
-7.79
 159.38
-0.79
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

1-iyundan oliy ma’lumotli bog‘cha tarbiyachilarining maoshi oshadi

Pul

Davlat bog‘chalarida ishlovchi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarning maoshi maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtiriladi. Bu prezident qarorida belgilangan. Davlat rahbarining 2023-yil may oyida imzolagan qaroriga asosan 2024-yil 1-iyundan boshlab davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi oliy ma’lumotli pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalari umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining tegishli pedagog xodimlarinikiga tenglashtirilishi lozim.

2 mln 90 ming 399 so‘m 

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat bog‘chalarining oliy ma’lumotli tarbiyachi-metodist, tarbiyachilari 1 mln 203 ming 660 so‘m olishi belgilangan. Maktablarning oliy ma’lumotli boshlang‘ich va yuqori sinflari o‘qituvchilari esa 2 mln 90 ming 399 so‘m oladi. Shundan kelib chiqilsa, bakalavr diplomiga ega bog‘cha tarbiyachilarining maoshi 2 mln so‘mdan oshirilishi kutilmoqda.