$
 12825.01
12.71
 13552.19
19.84
 128.62
0.25
weather
+26
Кечаси   +14°

Xorazmda o‘qituvchini urgan ayolga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

maktab

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda o‘qituvchi bilan urushgan ayolning videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh pokuratura rasmiy bayonot berdi.

Voqea aslida qanday bo‘lgan edi?

Joriy yilning 15-oktyabr kuni Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi 36-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchining onasi S.R. va o‘qituvchi G.R. (ayol) o‘rtasida ziddiyat kelib chiqib, urishib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan ichki ishlar organi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilib, fuqaro S.R.ga Ma’muriy javobagarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 (Tuhmat) va 52 (Yengil tan jarohati yetkazish) moddalari 2-qismi, G.R.ga nisbatan MJtKning 52-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Jinoyat ishi tergovi Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan

Shuningdek, ushbu qaror prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilib, asossiz bo‘lganligi sababli bekor qilingan va 18-noyabr kuni fuqaro S.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda jinoyat ishi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun ichki ishlar organiga yuborilgan.