$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Yevropa Ittifoqi AQSh qishloq xo‘jalik mahsulotlariga cheklovlar joriy etishni rejalashtiryapti

yevropa

Yevropa Ittifoqi Amerika qishloq xo‘jalik mahsulotlariga cheklovlar joriy etishni rejalashtiryapti. Ushbu cheklovlar barcha AQSh mahsulotlariga taalluqli bo‘lmaydi, balki eng xavfli deb topilgan mahsulotlargagina nisbatan amal qiladi.

Soya donlari va boshqa ba’zi ekinlar cheklovga uchrashi mumkin

Mazkur taklif Financial Times nashriga ko‘ra, AQShning Tramp boshchiligidagi yangi savdo siyosatiga javob chorasi sifatida ko‘rilyapti. Lekin Yevropa byurokratlari bu cheklovlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri iqtisodiy sanksiya sifatida emas, balki “ilmiy asoslangan ekologik chora” sifatida joriy etishni ko‘zlayapti.

Eng avvalo, AQSHdan import qilinadigan soya donlari va boshqa ba’zi ekinlar cheklovga uchrashi mumkin.

Yevropa rasmiylari bu qarorni nolegal pestitsidlar bilan kurashish bahonasida asoslamoqchi. Shu bilan birga, bu cheklovlar barcha AQSh mahsulotlariga taalluqli bo‘lmaydi, balki eng xavfli deb topilgan pestitsidlar qo‘llanilgan mahsulotlargagina nisbatan amal qiladi.

Ochiq-oydin tariflar qo‘yish Tramp bilan savdo urushiga keltirib chiqaradi

FT manbasining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan joriy qilmoqchi, chunki ochiq-oydin tariflar qo‘yish Tramp bilan savdo urushiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun Yevropa rasmiylari importni diskriminatsiya qilmaslik va cheklovlarga “ilmiy asos” berish strategiyasini qo‘llamoqchi.

Ba’zi cheklovlar AQSh va YI o‘rtasidagi savdo munosabatlarini taranglashishiga olib keladi

Lekin YI AQSHdan keladigan barcha qishloq xo‘jalik mahsulotlariga emas, balki o‘z bozori uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim tovarlarga istisno qilishga tayyor.

Masalan, kofe, mango va avokado kabi mahsulotlar cheklovlardan qutulishi mumkin, chunki ular Yevropa bozorida raqobatga jiddiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bu cheklovlar AQSh va YI o‘rtasidagi savdo munosabatlarini taranglashtirishi mumkin. Agar YI soya va boshqa AQSh mahsulotlariga cheklov kiritsa, Tramp ma’muriyati javob tariqasida Yevropa mahsulotlariga qo‘shimcha tariflar joriy qilishi mumkin. Shuning uchun, bu harakat Yevropa va AQSh o‘rtasidagi savdo munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi ehtimoli bor.