$
 12968.34
-6.64
 13492.26
-48.43
 132.32
-0.74
weather
+26
Кечаси   +14°

Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirtidan foydalangan holda tayyorlash taqiqlanmoqda

alkogol

Dunyo bo‘ylab har yili 2,8 milliondan ortiq kishi alkogol bilan bog‘liq sabablar, jumladan, zaharlanish va shikastlanishlar tufayli vafot etadi. Ularning 15 foizi 15 yoshdan 29 yoshgacha bo‘lgan yoshlar hisoblanadi.  Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har bir kishi yiliga o‘rtacha 3,5 litr spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston 188 davlat orasida 131-o‘rinni egallaydi.

O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq vaziyat

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda har bir kishi yiliga o‘rtacha 3,5 litr spirtli ichimlik iste’mol qiladi. Bu ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston 188 davlat orasida 131-o‘rinni egallaydi.

O‘zbekistonda spirtli ichimliklar iste’moli nisbatan past bo‘lsa-da, bu masala jiddiy muammo bo‘lib qolmoqda. Masalan, mamlakatda oila buzilishlarining har uchinchisiga aynan ichkilikbozlik sabab bo‘lgani qayd etilgan.

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi va insultdan o‘lim holatlarining 70 foizi chekuvchi va spirtli ichimliklar iste’mol qiluvchi odamlarga to‘g‘ri keladi.

Alkogol mahsulotlari bilan bog‘liq zararlarni kamaytirish maqsadida O‘zbekistonda 21 yoshga to‘lmagan shaxslarga spirtli ichimliklar sotish taqiqlangan.

Yuqoridagi ma’lumotlar O‘zbekistonda alkogol mahsulotlari iste’moli bilan bog‘liq muammolar mavjudligini ko‘rsatadi. Buning oldini olish maqsadida hukumat bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Jumladan, 29-yanvar kuni hukumat qarori bilan “Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom

Qarorga muvofiq:

ishlab chiqarilgan iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlarini hisobga olish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish hisobini yuritish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish, quyish, saqlash va ulgurji sotishni nazorat qilish.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda nimalarga amal qilish shart?

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi O‘zbekiston rezidentlari hisoblangan yuridik shaxslarga;

iste’mol va texnik etil spirti hamda alkogol mahsulotlari uchun texnik reglamentda nazarda tutilgan mahsulotlarga.

Alkogol mahsulotlarini chet elda ishlab chiqarilgan iste’mol etil spirti hamda texnik etil spirtidan foydalangan holda ishlab chiqarish taqiqlanadi.

Alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarish bosqichlarida mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni amalga oshirishlari shart.

Iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarishda  asosiy xomashyolar kirimidan boshlab, tayyor mahsulotlarni saqlash omborlariga joylashtirish va realizatsiya qilish jarayonlarini qamrab olishi lozim.

Ushbu qaror bilan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqish, sotish va iste’mol qilish bilan bog‘liq holatlar tartibga solinishi ko‘zda tutilmoqda.