$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Qaysi mahsulotlarni och qoringa iste’mol qilib bo‘lmaydi?

mahsulot

Qorin ochib turgan holatida har qanday mahsulotni iste’mol qilish foydasiz, gohida zararli oqibatlarga ham olish kelishi mumkin. Mutaxassis vitaminga boy biroq noto‘g‘ri paytda iste’mol qilinganda turli xil kasalliklarni yuzaga keltiruvchi mahsulotlar nomini sanab o‘tdi.

To‘g‘ri ovqatlanish nafaqat vitaminga boy mahsulotlar bilan, balki qaysi payt va qanday holatda taomlanishni ham o‘z ichiga oladi. Quyida qorin och vaqtida iste’mol qilish zararli bo‘lgan oziq-ovqatlarni ko‘rib chiqamiz.

Yogurt

Hayron qolishingiz tabiiy. Albatta, yogurt iste’mol qilish mumkin. Biroq, agar och qoringa yogurt ichilsa, oshqozonda mavjud xlorid kislotasi yogurt tarkibidagi sut bakteriyalarini yo‘qqa chiqaradi. Natijada bundan hech qanday foyda bo‘lmaydi.

Nok

Nokning po‘stlog‘ida oshqozon shilliq qavatiga shikast yetkazadigan juda ko‘p sertola mavjud. Shuning uchun bo‘sh oshqozonga nok yeyish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, nok iste’molidan keyin suv ichish mumkin emas.

Pomidor

Pomidorga boy bo‘gan mahsulotlar oshqozon kislotaliligini oshiradi. Bu esa gastrit, pankreatit va kolitga olib keladi. Shunga o‘xshash mahsulotlarga xurmo va kartoshka ham kiradi. Ularning tarkibida teri oshlovchi moddalar mavjud.

Banan

Agar och qoringa banan tanovul qilinsa, qonda magniy miqdori keskin ko‘tariladi va bu yurakka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bundan tashqari, och qoringa banan iste’mol qilish orqali kaliy va magniy muvozanati buzilishi natijasida kuni bo‘yi charchash holati kuzatiladi.

Sitrus

Apelsin, mandarin va greypfrut meva kislotasiga boy mahsulot hisoblanadi. Bu degani, ushbu sitruslar och qoringa iste’mol qilinsa, jig‘ildon qaynashi va gastrit rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Qahva

Qahva oshqozon kislotasi ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va jig‘ildon qaynashi hamda oshqozon yarasi kasalligiga sabab bo‘ladi. Agar nonushtani faqatgina qahva bilan almashtirilsa, serotonin (baxt gormoni) yetishmovchiligi natijasida tushkunlik kayfiyati hamroh bo‘ladi.

Spirtli ichimlik

Odatda och qoringa spirtli ichimlik ichilsa, ikki baravar tezroq mast qiladi. Ammo ertalabdan qattiq bosh og‘rig‘i kutib oladi, shuningdek, alkogol iste’mol qilingan mahsulotlarning juda sekin parchalanishiga olib keladi.

Sovuq gazlangan ichimlik

Bu odat nafaqat oshqozon shilliq qavatiga yomon ta’sir qiladi, balki unga qon quyilish jarayonini ham sekinlashtiradi. Natijada ovqat hazm qilish jarayoni susayadi va ishdan chiqadi.

Saqich

Saqich chaynash vaqtida butun ovqat hazm qilish tizimi ishga tushadi va buning uchun zarur bo‘lgan suyuqlik ishlab chiqariladi. Bo‘sh oshqozonga tushgan suyuqlik shilliq qavatga zarar keltira boshlaydi. Natijada surunkali gastrit va kolit rivojlanadi.

Yuqorida sanab o‘tilgan oziq-ovqatlarning ba’zilari koni foyda bo‘lsa, ba’zilarining esa shundog‘am zararlari yetarlicha. Amm ularni och qolgan mahalda iste’mol qilsh sog‘lig‘ingizda jiddiy muammolarni yuzaga keltirib chiqarishi mumkin.