$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 419 ta mahalla aniqlandi

mahalla

O‘zbekistonda huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan jami 800 mingdan ortiq shaxslar ro‘yxati shakllantirildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi JXD Axborot xizmati rahbari Muzifa Sultonova ma’lum qildi.

“Mahalla yettiligi” qanday ishlarni amalga oshiradi?

2023-yilning 30-mart kunidan mahalla yettiligining o‘ziga xos hamkorligida ijtimoiy profilaktika tadbirlari yo‘lga qo‘yilib, fuqarolarimizni ijtimoiy muammolarini mahallani o‘zida hal etishga qaratildi va qisqa muddatda ushbu tizim o‘zining ijobiy natijasini ko‘rsatdi.

Shunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-noyabr kunidagi 801-sonli qarori qabul qilinib, ushbu qaror bilan Ijtimoiy profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirishda, “mahalla yettiligi”ning har bir vakiliga aniq vazifa belgilanib, aholini ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashuvchi subyektlar biriktirildi.

“Potensial” jinoyatchilar ro‘yxati

O‘tgan yil davomida profilaktika inspektorlari va mahalla vakillari tomonidan uyma-uy yurish orqali, huquqbuzarlik sodir etish yoki undan jabrlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan jami 800 mingdan ortiq shaxslar ro‘yxati shakllantirildi, ularning 588 mingdan ortig‘iga xulosalar berilib, mahalla vakillari tomonidan 400 mingdan ortiq fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.

Huquqbuzarlikka uni barvaqt oldini olish tizimi orqali kurashilyaptimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Mazkur qaror bilan mas’ul idora va tashkilot vakillarining mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Shuningdek, mahallalarda huquqbuzarliklarni barvakt oldini olishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi va har chorakda viloyat, tuman va mahalla darajasidagi “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilishi belgilab qo‘yilgan. 

Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 419 ta mahalla

Xususan, Bosh prokuratura huzurida Respublika, shuningdek hududiy va tuman-shahar darajasida idoralaroro muvofiqlashtiruvchi shtablar tashkil etildi va ular tomonidan qaror bilan belgilangan “yo‘l xaritalari”ning viloyat, tuman-shahar va mahallalar darajasida ijrosi elektron va ishchi guruhlar tomonidan joyilarga chiqqan holda o‘rganish ishlari amalga oshiriladi.

Ushbu qaror bilan joriy yilda Farg‘ona, Andijon, Namangan, Samarqand va Toshkent viloyatlarining kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan 419 ta mahallalarni o‘z ichiga qamrab oladigan 84 ta mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, keyinchalik ushbu tizim boshqa hududlarga ham tatbiq etiladi.

Mahallalarda huquq-tartibot maskanlari joriy etiladi

Mahalla huquq-tartibot maskanlarida ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari, Milliy gvardiyaning psixolog-inspektorlari hamda tezkor harakatlanuvchi guruhlar hamkorligida xizmat olib boradilar, jamoat havfsizligini ta’minlash va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tezkor harakatlanish tizimi joriy etiladi.

Maskanda profilaktika bosh va kichik inspektorlari lavozimlari joriy etilib, bevosita rahbar etib profilaktika bosh inspektori belgilanadi.

Shuningdek, mahalla huquq-tartibot maskaniga 5 tagacha mahalla biriktirilib, bosh inspektorga mahalla biriktirilmaydi, u mahallalarda jamoat tartibini saqlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha kunlik ishni samarali tashkil etish hamda maskan faoliyatiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan mas’ul deb belgilandi.

Migratsiyadan qaytgan fuqarolar bilan ishlash uchun maxsus profilaktika guruhlari

Bundan tashqari, mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan fuqarolar, maktab bitiruvchilari hamda talabalar bilan ijtimoiy profilaktika choralari doirasida mahallalarda manzilli ishlarni tizimli amalga oshirish maqsadida, huquq-tartibot maskaniga profilaktika kichik inspektorlari lavozimlari joriy etilib, ular tomonidan migratsiyada yurgan va qaytib kelgan fuqarolarning ijtimoiy muammolarini hal etish va bandligini ta’minlash maqsadida, huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari tarkibida migrasion profilaktika guruhlari tashkil etilib, ular mas’ul idoralar bilan hamkorlikda migrasion prfilaktika chora-tadbirlari bilan shug‘ullanadilar.

Qaror bilan yana nimalar o‘zgarmoqda?

Mazkur qarorga binoan, aholi murojaatlari bilan samarali ishlash, har qanday huquqbuzarlik uchun jazo muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarni huquq va erkinliklarini to‘liq himoya qilish maqsadida, ma’muriy amaliyot guruhlari tashkil etilib, ularga ushbu yshnalishda kunlik tahlilni yuritish, sud va boshqa tegishli organlar bilan taqqoslov ishlarini amalga oshirish vazifasi yuklatilib, bu borada ular qarolarni qabul qilish va ichki ishlar organlariga kelib tushgan murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini ta’minlaydilar. 

Yo‘l-transport hodisalarini oldini olish borasida asosiy e’tibor yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar va haydovchilar madaniyatini oshirishga qaratiladi.

Probatsiya nazoratidagi shaxslar bilan ishlashda ham asosiy e’tibor ularning ijtimoiy moslashtirish, ya’ni ular bandligini ta’minlash, kichik biznesga, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikka jalb etish choralari ko‘riladi.

Теги :
Jamiyat