$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasida bepul o‘qitiladi

loyiha

Toshkent shahar hokimligi tashabbusi bilan uzoq kutilgan an’anaviy loyihasiga start berilmoqda. Ushbu loyiha doirasida 1 000 nafar qiznSMM sohasida bepul o‘qitiladi.

30 yoshgacha bo‘lgan qizlar bepul kurslarda o‘qitiladi

Ma’lum qilinishicha, loyihaning bu yilgi mavsumi mutlaqo boshqacha va o‘ziga xos bo‘lishi kutilmoqda. Ayniqsa, joriy mavsumda qizlarning zamonaviy kasblarni o‘rganishlari uchun bepul SMM darslari yo‘lga qo‘yilishidan tortib, juda ko‘plab amaliy tashabbuslar ilgari surilmoqda.

Shuningdek, poytaxt qizlarini zamonaviy kasblarga o‘qitib, bandligini ta’minlash va eng asosiysi, ularni daromadli qilish maqsadida Toshkentda istiqomat qiluvchi 30 yoshgacha bo‘lgan 1 000 nafar qiz “Toshkent yoshlarni sevadi” loyihasi doirasida SMM sohasiga mutlaqo bepul o‘qitiladi.

Bunda qizlar o‘zlarining yashash hududiga yaqin bo‘lgan o‘quv markazida:

ijtimoiy tarmoqlarni yuritish;

targeting va maqsadli auditoriya tahlili;

grafik kontent yaratish;

kopirayting;

mobilografiya 

B2B sotuvlar;

shaxsiy brend;

portfolio yaratish va boshqa bilimlarni offlayn tarzda o‘rganishadi.

Tadbirkorlik yo‘nalishida xotin-qizlar o‘z bloglarini yuritishlari mumkin

Shuning bilan birga, Toshkent shahar hokimligi qizlarni “Toshkent yoshlarni sevadi” oyligi doirasida yo‘lga qo‘yilayotgan ushbu imkoniyatdan unumli foydalanishga, SMM’ni o‘rganishga va kopirayter, kontent menejer, mobilograf, virtual yordamchi, SMM mutaxassisi, targetolog sifatida uyda ham daromad topishga da’vat etmoqda.

Ushbu tadbirkorlik yo‘nalishida xotin-qizlar onlayn kiyim do‘koni ochishi, onlayn kurslar yaratishi yoki o‘z blogini yurgizib, biznesni rivojlantirishlari mumkin!

Ro‘yxatdan o‘tish 25-oktabrgacha amalga oshiriladi.