$
 12950.03
-20.16
 13505.59
-66.42
 142.53
0.33
weather
+26
Кечаси   +14°
Agro

5 ta tumanda kichik logistika markazlari barpo etiladi

logistika

Prezident “Uzagrostar xolding” kompaniyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi. Qarorga ko‘ra, “Uzagrostar xolding” kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi.

 Imtiyozli kreditlarga 1 trillion so‘m ajratiladi

Tashqi va ichki bozorlarda talab yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari kesimida bazaviy va qamrab olinadigan tumanlarni belgilash va ushbu hududlardagi mahallalarda mahsulot yetishtirishning ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha Xolding kompaniya muassisligida ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil etiladi.

Bunda bazaviy tumanlar ixtisoslashgan kompaniyalarning asosiy faoliyati uchun markaz bo‘lib hisoblanadi.

Aholi tomorqalarida va dehqon xo‘jaligi yer maydonlarida mahsulot yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashuvni rag‘batlantirish maqsadida quyidagi moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari joriy etiladi:

uzum ko‘chatini shpalerga o‘tkazishga har bir shpaler uchun 15 ming so‘mgacha subsidiya beriladi;

tomorqadagi bog‘larni yangilash uchun “in-vitro” ko‘chat sotib olish xarajatining 50 foizi qoplab beriladi;

2025-yilda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish va ularning xaridi uchun ajratiladigan imtiyozli kreditlarga 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Qaysi tumanlarda kichik logistika markazlari barpo etiladi?

Qarorga muvofiq, 2025-yil 1-martgacha “Uzex Agro” elektron savdo platformasida aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlarida yetishtirilgan mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri tashqi bozorlarga sotish imkoniyati yaratiladi.

2025-yilda Asaka, Kitob, Baxmal, Xatirchi va Farg‘ona tumanlarida, 2026-yilda esa qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan yana kamida 5 ta tumanda kichik logistika markazlari, shu jumladan, sig‘imi 100 tonnadan kam bo‘lmagan muzlatkichli sig‘imlar, urug‘lik, ko‘chat, kimyoviy vositalar va mineral o‘g‘itlarni tarqatish markazlari barpo etiladi.

Yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi

Tomorqa va uzoq muddatli ijaraga berilgan yer maydonlari egalariga onlayn maslahat va ma’lumot olish, moliyaviy xizmatlardan foydalanish hamda mahsulotlarni sotish bo‘yicha yagona xizmat ko‘rsatish va monitoring qilish platformasi ishga tushiriladi.

Platformada dehqonlarga yetishtiradigan mahsulotining 70 foizigacha miqdorda imtiyozli onlayn kredit ajratish tizimi ishga tushiriladi.