$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi

Mikrafon

“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berishicha, 2024-yilning birinchi yarmida litsenziyasiz faoliyat yuritgan 65 nafar san’atkorlarga chora ko‘rildi.

"Litsenziya"ga ega boʻlmagan ijodkorlar koʻpaymoqda

Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum bir auditoriyagina taniydigan yoki bo‘lmasa "litsenziya"ga ega bo‘lmagan ijodkorlar ham ana shunday ko‘rsatuv va eshittirishlarga mehmon sifatida chaqirilmoqda. "Vaholanki, har qanday san’atkor o‘z ijodini taqdim qilishda, ommaviy axborot vositalarida qo‘shiqlar va videokliplarni aholiga yetkazish uchun litsenziya talab etiladi", - deyiladi xabarda.

"O‘zbekkonsert" xalqdan toʻyga chaqirilayotgan sanʼatkorni litsenziyasini tekshirishni soʻradi

To‘y marosimlari, oilaviy bazmlar, barlar va restoranlardagi yig‘inlarda ham "litsenziya"siz faoliyat ko‘rsatish holatlari ko‘paymoqda. "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi bunday faoliyat noqonuniy ekanligini ta’kidlab, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda xalqimizdan xizmatga taklif etilayotgan boshlovchilar, san’atkorlarning "litsenziya"si bor yoki yo‘qligini aniqlashtirishga, "litsenziyasiz" ijodkorlarning xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi.

Litsenziya nima?

Ma’lumot uchun, litsenziya jismoniy yoki yuridik shaxsga beriladigan, litsenziya talablari va shartlariga majburiy ravishda rioya etilgan taqdirda faoliyatning litsenziyalanadigan turini yoki uning kichik turini amalga oshirish huquqini beruvchi hujjatdir. Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 165-modda litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat bilan litsenziyasiz shug‘ullanish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Vakolatli organ

Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berishda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi lisenziyalash sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi.