$
 12081.63
-20.76
 13837.09
-153.27
 150.44
-2.64
weather
+26
Кечаси   +14°

Gaz uchun vaqtinchalik “aksiya” tugadi: Mart oyida to‘lovlar qanday hisoblanadi?

limit

Mart oyining boshida havo keskin sovib ketgani sabab tabiiy gaz uchun isitish mavsumida amal qiladigan 500 kub metrli bazaviy me’yor 15-martgacha uzaytirilgan edi. Endi esa ob-havo iliqlashgani sabab gaz iste’moli yana odatdagi tartib bo‘yicha hisoblanadi. Vazirlik bunga ob-havoning iliqlashgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi. “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, 16–20 mart kunlari respublikada kunduzi harorat +22°C gacha, kechasi esa taxminan +10°C atrofida bo‘ladi.

Mart oyida gaz qanday hisoblanadi?

Mart oyida gaz to‘lovi ikki xil me’yor bo‘yicha hisoblanadi. Oyning birinchi yarmida, ya’ni 1–15 mart kunlari, 500 kub metrli oylik limit teng taqsimlanganda 250 kub metrni tashkil qiladi. Oyning ikkinchi yarmida esa odatdagi 100 kub metrli bazaviy me’yor amal qiladi va bu davr uchun proporsional hisoblanganda 50 kub metrga teng bo‘ladi.

Shu sabab mart oyining ikkinchi yarmida ham aholi iste’molchilari yana qo‘shimcha 50 kub metr gaz uchun bazaviy tarif bo‘yicha — 1 000 so‘mdan to‘laydi. Ya’ni bu hajm uchun yuqori tarif — 1 800 so‘m qo‘llanilmaydi.

1-apreldan qanday tartib amal qiladi?

16-martdan 1-noyabrgacha mamlakat bo‘yicha tabiiy gaz uchun odatdagi 100 kub metr bazaviy me’yor amal qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida esa bu tartib 1-oktyabrgacha amal qiladi.

Kompensatsiya

Prezident qaroriga ko‘ra, ehtiyojmand oilalarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya beriladi. Elektr energiyasi bo‘yicha kompensatsiya oyiga bazaviy me’yordan oshgan 150 kVt·soatgacha bo‘lgan iste’mol uchun beriladi.

Tabiiy gaz bo‘yicha esa qish oylarida 250 kub metrgacha, boshqa oylarda 150 kub metrgacha bazaviy me’yordan ortiq ishlatilgan qismi uchun kompensatsiya to‘lanadi. Avvallari bu kompensatsiyalar faqat qish mavsumida berilar edi. Endilikda esa ular yil davomida har oy to‘lanmoqda.

Теги :
Jamiyat