$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi sudya lavozimi joriy qilindi

Sudya

Prezidentning yangi farmoni

Bu sud lavozimi tergov sudyasi bo‘lib, “Tezkor-qidiruv hamda tergov faoliyatida shaxsning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-89-son, 10.06.2024 yil) bilan joriy qilinadi. Ushbu qonun 2025-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

Sudyaning vazifalari

Tergov sudyalari jinoyat ishlari bo‘yicha sudga qadar ish yurituv davrida protsessual qarorlarga sanksiya berish vazifasini bajaradi. Ushbu sanksiyalar faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, O‘zbekiston Respublikasi harbiy sudi tomonidan yakka tartibda qayta ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘ladi. Undan tashqari, ma’muriy huquqbuzarliklar ishlarini ham ko‘rib chiqadi va bu avvalgi shakldagidek saqlanib qolinadi. Tergov sudyasi shahar va tumanda joriy etiladi.