$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganda ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi

kvartira

17-yanvar kuni hukumat qarori bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Uylardagi umumiy mulklar mulkdorlar nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi

Qarorga muvofiq, endilikda ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlaridagi ma’luumotlar integratsiya qilinadi

Shuningdek, quyidagi ma’lumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qil gan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlar;

Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlar.