$
 12758.36
-19.76
 14820.11
-111.12
 163.34
-0.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

O‘zbekistonning qaysi hududida kutubxonalar ham, kitobxonlar ham ko‘p?

kutubxona

O‘zbekistonda 13,1 mingta axborot-kutubxona muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan eng ko‘pi Samarqandda – 1,5 mingta, Qashqadaryoda – 1,4 mingta, shuningdek, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarining har birida 11 mingtadan joylashgan. Bu haqda Iqtisoiy tadqiqotlar va islohotlar markazining “Iqtisodiy sharh”ida ma’lum qilindi.

Kutubxona xodimlari soni nechta?

O‘zbekistonda kutubxona xodimlari 21,7 ming kishini tashkil etadi, shundan 18,2 ming nafari ayollardir. Xodimlarning eng ko‘p soni mos ravishda Samarqand shahrida – 2,2 ming, Farg‘ona viloyatida – 21 ming va Qashqadaryo viloyatida – 2,07 ming nafarni tashkil etadi. Shuningdek, Toshkent shahrida 1,9 mingta xodim ishlaydi.

Tahlillar kutubxona xodimlari orasida ayollar ulushi yuqori (83,7 foiz) ekanini, shuningdek, xodimlarning hududlar bo‘yicha notekis taqsimlanganini aniqladi.

Kutubxona fondi

Mamlakatning umumiy kutubxona fondi 43,5 mln. nusxani tashkil etadi. Eng katta fond Toshkent shahrida – 14,3 mln. va Andijon viloyatida – 6,1 mln. nusxada jamlangan. Yana ikkita viloyatda – Buxoro va Namanganda bu ko‘rsatkich 3 mln. nusxadan oshdi.

2023-yilda kutubxonalar fondidan berilgan kitoblar soni 72,2 mln. donaga yetdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Toshkent shahri – 21,5 mln. kitob, Andijon viloyati – 8,7 mln. va Samarqand viloyati – 7,3 mln. kitob bilan yetakchilik qilmoqda. O‘tgan yil yakuniga ko‘ra, kutubxona foydalanuvchilariga 50,1 mln. dona kitob berilgan. Ularning eng ko‘pi Toshkentda – 111 mln., Andijon viloyatida – 7,5 mln., Farg‘ona viloyatida – 5,5 mln. va Buxoro viloyatida – 3,5 mln. dona berilgan.

Kitobxonlar qaysi hududlarda ko‘proq?

Axborot-kutubxona sohasida aniq foydalanuvchilar (bir yoki bir necha marta kitob oluvchilar) soni 2023-yilda 11,35 mln. kishini tashkil etdi. Eng ko‘p foydalanuvchilar Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida (har birida 11 mln. kishidan), Toshkent shahrida (qariyb 1 mln. kishi) qayd etilgan. Shuningdek, boshqa bir qator hududlarda ham foydalanuvchilar soni bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan: Andijon, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining har birida 900 ming nafardan foydalanuvchi.

Yosh tarkibi qanday?

AOKA ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kutubxona foydalanuvchilarining yosh tarkibi quyidagicha:

14 yoshgacha bo‘lgan bolalar deyarli 3,6 mln. nafarni tashkil qiladi. Eng ko‘l foydalanuvchipar Tashkent viloyatida – 437,6 ming, Namangan viloyatida 421,1 ming va Andijon viloyatida – 317,3 ming nafar qayd etilgan.

Kutubxona foydalanuvchilarining eng ko‘p toifasini 15-24 yoshdagi yoshlar tashkil etadi, ularning umumiy soni 6,2 mln. kishiga yetadi. Eng ko‘p yosh kitobxonlar esa Samarqand viloyatida – 704,6 ming nafar, Toshkent shahrida – 588 ming nafar, shuningdek, Farg‘ona, Qashqadaryo va Andijon viloyatlarining har birida 530 mingdan ziyod jamlangan.

25 va undan katta yoshdagi kitobxonlar 2,9 mln. kishini tashkil qiladi. Katta yoshdagi kitobxonlarning eng ko‘pi Namangan viloyatida (qariyb 440 ming nafar) istiqomat qiladi.

Теги :
Jamiyat