$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish tartibi tasdiqlandi

kripto

25-dekabr kuni hukumatning “Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishda va jinoyatlarni tergov qilish davomida aniqlangan kripto-aktivlarni olib qo‘yish, xatlash, saqlash hamda topshirish tartibi to‘g‘risidagi” yo‘riqnoma Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Kripto-aktivlar dalil sifatida musodara qilinishi mumkin

Qarorga ko‘ra, kripto-aktivlar tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida xatlash, musodara qilish, yetkazilgan zararni qoplash uchun olib qo‘yilishi hamda dalil sifatida e’tirof etilishi mumkin.

Shuningdek, kripto-aktivlar bilan bog‘liq tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlarini o‘tkazish kripto-aktivlar bilan ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida amalga oshirilishi shart.

Quyidagi ma’lumotlar kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid axborot manbalari bo‘lishi mumkin, jumladan:

shubhali operatsiyalar to‘g‘risidagi xabarlar;

xizmatlar provayderlari va maynerlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar;

nazorat qiluvchi (litsenziyalovchi) organlarning ma’lumotlari;

ochiq axborot manbalaridan olingan ma’lumotlar.

Xatlangan kripto-aktivlarning hisobi dastlabki tergov organlari tomonidan yuritilishi belgilanmoqd

Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirish va jinoyatlarni tergov qilish davomida kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarga oid ma’lumotlar va dalillar quyidagilarda aniqlanishi mumkin:

axborot tashuvchi qurilmalar;

kripto-hamyonlar;

qog‘oz, bloknot yoki boshqa narsa va buyumlarda qayd etilgan qo‘lyozma va yozuvlar.

Olib qo‘yilgan, xatlangan va dalil sifatida e’tirof etilgan kripto-aktivlarning hisobi surishtiruv va dastlabki tergov organlari tomonidan yuritiladi.