$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda firibgarlar sizning nomingizga kredit rasmiylashtira olmaydi

Firibgar

O‘zbekistonda shu vaqtga qadar kreditlarni rasmiylashtirish borasida ko‘plab qonunbuzarlik holatlari sodir bo‘lib kelgan va bu davom etib kelmoqda. Endilikda yangi tizim bunga barham berishi kutilmoqda.

Xavfsizlik chorasi

Yangi ishga tushirilgan xizmat bilan foydalanuvchi o‘z kredit tarixini o‘rganilishini cheklab qo‘yishi mumkin bo‘ladi. "Kredit-axborot tahliliy markazi" kredit byurosi kredit axboroti subyektlarining kredit tarixi va unga oid ma’lumotlarni himoya qilinishi borasida ko‘rilayotgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirilishi maqsadida, 2024-yilning 20-iyun sanasidan "FREEZE" xizmatini test rejimida ishga tushirganini ma’lum qildi. 

Xizmatdan foydalanish yo‘llari

Mazkur xizmat orqali kredit axboroti subyektlari (jismoniy shaxslar) o‘zlariga tegishli kredit tarixi ma’lumotlarini kredit axborotidan foydalanuvchilar tomonidan (yangi kredit buyurtmalari bo‘yicha)KATM Kredit byurosidan olinishini cheklab (taqiqlab) qo‘yishlari mumkin bo‘ladi va kredit tarixi ularning xabarisiz o‘rganilishini oldini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ushbu xizmatdan dastlab veb-sayt orqali bepul foydalanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, 2025-yil 1-yanvardan esa xizmat pullik asosida bazaviy hisoblash miqdori (BHM) ning 0,03 barobari miqdoridagi (QQSni hisobga olmagan holda) haq evaziga amalga oshiriladi.