$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

Bu yil hisobida eng ko‘p kredit ajratayotgan banklar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi

Kredit

Bankir Telegram kanali 2024-yilning eng koʻp kredit berayotgan banklar ro‘yxatini e’lon qildi. 1-may holatiga koʻra, aholiga eng koʻp kredit berayotgan bank – bu, Ipoteka banki. Ushbu bank 2023-yilda ham eng koʻp foizli qarz bergan tijorat banklari qatorida birinchi boʻlgan.

“Ipoteka bank” yetakchilikni boy bermayapti

“Ipoteka bank” 2023-yil mayida hali xususiylashtirilmagan edi. Biroq bank keyinchalik OTP Bank boshqaruviga o‘tgan bo‘lsa ham yetakchilikni boy bermadi va 14 foizlik ulushni saqlab qoldi.

Aholining omonatlari bo‘yicha yetakchi bo‘lgan “Kapitalbank“ esa kreditlar bo‘yicha 13 foiz ulushni egallab, ikkinchi o‘rinda turibdi.

Kichikroq va yangi banklar aholiga ko‘proq kredit bermoqda

2024-yilda kredit portfeli kamroq bo‘lgan banklar ulushi 18 foizdan 21 foizgacha ko‘paygan. Bu esa kichikroq va yangi banklar aholiga ko‘proq kredit berayotganini anglatadi.

Shuningdek, keyingi oʻrinlarda Xalq banki(11 foiz), Milliy bank(10 foiz), Biznesni rivojlantirish banki(7 foiz), Agrobank(6 foiz), Sanoat qurilish bank(5 foiz), Asakabank(5 foiz), Hamkorbank(5 foiz), Mikrokreditbank(3 foiz) kabi tijorat banklari joy olgan.

Maʼlumot uchun, 2023-yil va 2024-yildagi kredit portfeli boʻyicha yetakchi 10 ta bank ulushi deyarli oʻzgarmagan.

Теги :
Жамият