$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

2024-yilda 58 mingdan ortiq fuqaro uyli bo‘ldi

kredit

Uy-joy masalasi har doim aholining dolzarb ehtiyojlaridan biri bo‘lib kelgan. 2024-yil bu borada sezilarli natijalar bilan yodda qoldi. O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 58 850 fuqaro ipoteka kreditlari orqali uy-joyga ega bo‘ldi. Ularning 22 mingdan ortig‘i xotin-qizlar bo‘lib, ularga 6,4 trillion so‘m ajratildi. Erkaklar esa 36 mingdan ziyod bo‘lib, 10,6 trillion so‘mlik kredit olishdi.

Kreditlarning hududlar bo‘yicha taqsimoti

Uy-joy qurilishi bo‘yicha Toshkent shahri va Samarqand viloyati yetakchilik qildi. Toshkent shahrida 615 milliard so‘m, Samarqandda esa 979 milliard so‘m miqdorida kredit ajratildi. Bundan tashqari, Namangan (650 milliard so‘m), Navoiy (433 milliard so‘m) va Surxondaryo viloyati (742 milliard so‘m) ham yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi. Eng kam mablag‘ Xorazm viloyatiga ajratilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 290 milliard so‘mni tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa jami 292 milliard so‘m kredit ajratildi.

 Moliyalashtirish manbalari va foiz stavkalari

Ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari ham o‘zgarishlarga uchradi. Eng katta manba Iqtisodiyot va moliya vazirligiga tegishli bo‘lib, u jami 9,5 trillion so‘mni tashkil etdi. Banklarning o‘z mablag‘lari hisobidan esa 6 trillion so‘m ajratildi. Qolgan 1,5 trillion so‘m O‘zbekiston ipoteka qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan taqdim etildi. Kredit foiz stavkalari esa yillar davomida o‘zgarib bordi. 2020-2022 yillar oralig‘ida o‘rtacha foiz stavkasi 17,3% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 24% ga, 2024-yilda esa “Yangi tartib” bo‘yicha 24,8% ga yetdi.

Ipoteka kreditlari bozor tahlili

Birlamchi bozor ipoteka kreditlari bo‘yicha asosiy ulushga ega bo‘ldi – jami ajratilgan mablag‘larning 66 foizi birlamchi bozorga yo‘naltirildi. Bu bozor bo‘yicha 38 878 fuqaro uchun 10,4 trillion so‘m kredit ajratilgan. Ikkinchi bozor ulushi esa 34 foiz bo‘lib, bu 19 972 fuqaro uchun 6,6 trillion so‘mni tashkil etdi. 

 Fuqarolar yosh toifalari bo‘yicha tahlil

Ipoteka kreditlarini olgan fuqarolarning yoshi bo‘yicha tahlil shuni ko‘rsatadiki, 31-50 yosh oralig‘idagi fuqarolar eng ko‘p ulushga ega – jami mijozlarning 68 foizi aynan shu toifaga kiradi. 18-30 yoshdagi fuqarolar esa 22 foizni tashkil qiladi. 50 yoshdan yuqori fuqarolar ulushi esa 10 foiz bo‘lib, bu toifaga 5 626 fuqaro kiradi.

Теги :
Jamiyat