$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

“Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy mazmun-mohiyati nimalardan iborat?

kosmik

 2024-yil 13-yanvar kuni O‘zbekiston Prezidenti tomonidan “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun imzolangandi. Ushbu qonun 37 ta moddadan iborat boʻlib, u orqali Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnologiyalar vazirligi va uning huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi hamda Mudofaa vazirligining kosmik faoliyat sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda. Qolaversa, iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik buzilishi hollarini kosmik suratlarga ishlov berish orqali aniqlashga koʻmaklashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri sifatida qayd etilyapti.

Kosmik infratuzilma va xalqaro hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar

Hujjat bilan kosmik sohada ilmiy tadqiqotlar olib borish, kosmik tizimlarning turlari ya’ni yerni masofadan zondlash, davlat kosmik monitoringi, kosmik aloqa tizimi, yuqori aniqlikdagi sun’iy yoʻldosh navigasiya tizimi, kosmik raketa komplekslaridan (kosmodromlardan) foydalanish, kosmik obyektlarni tamgʻalash, ijaraga berish, kosmik obyektlarni va texnika vositalarini utilizasiya qilish, kosmik infratuzilma va faoliyat xavfsizligi, faoliyatni moliyalashtirish asoslari hamda xalqaro hamkorlik masalalari nazarda tutilgan.

Kosmik texnologiyalar orqali rivojlanish

Qonunda ilm-fan, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologiya, mudofaa, xavfsizlik va boshqa sohalarga oid maqsadlarga erishish uchun kosmik texnologiyalar vositasida kosmik fazoni va erni tadqiq etish hamda ulardan foydalanish, shuningdek, kosmik faoliyatning atrof-muhit, tabiiy resurslar va aholi sogʻligʻiga ta'sirini nazorat qilish kabi masalalarga alohida e’tibor berilgan.

Strategik nazorat

Shu bilan birga, kosmik faoliyat sohasidagi strategik yoʻnalishlar hamda davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, iqtisodiyot tarmoqlaridagi qonunchilik buzilishi hollarini kosmik suratlarga ishlov berish orqali aniqlashga koʻmaklashish davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlaridan biri ekanligi nazarda tutilgan.

Huquqiy tartib va xavfsizlikni ta'minlash

Qonunning qabul qilinishi bilan kosmik faoliyat sohasi aniq tartibga solinib, mas'ul organlarning vakolat va vazifalari belgilandi. Bu esa xatarlarning oldini olish, atrof-muhitni muhofaza qilish, mudofaa va xavfsizlikni ta'minlash uchun zarur huquqiy kafolatlarni shakllantiradi.

Kosmik qonun barcha sohalarni raqamlashtirishga xizmat qiladi

Shuningdek, yangi qonun mamlakatimizning barcha sohalarida, jumladan, yer munosabatlari, geologiya, seysmik xavfsizlik, transport, qishloq, oʻrmon va suv xoʻjaligi sohalarida shaffoflik va raqamlashtirish darajasini oshirishga zamin yaratadi.

Теги :
Jamiyat