$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i “Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar” dasturi boʻyicha rasmiy bayonot bilan chiqdi

Korzinka

Bayonotda keltirilishicha, “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i doimo mijozlarga eng yaxshi sharoitlar, narxlar va xizmat taqdim etishga intilmoqda. 2024-yil may oyida Korzinka o‘zining narx siyosatini o‘zgartirish va muntazam amalda bo‘ladigan — “Kundalik xaridlar uchun eng arzon narxlar” dasturini yaratish yo‘lida strategik qaror qabul qildi.

 2024-yil 15-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mazkur dasturda foydalanilgan reklama xabari sababli kompaniyaga nisbatan ish ochilishi haqida ma’lum qildi. Shu o‘rinda kompaniya ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga sodiq qolgan holda, jamoatchilikni tarmoqning narxlarni shakllantirish siyosatidagi birinchi navbatda zarur bo‘lgan ushbu mahsulotlarga nisbatan jiddiy o‘zgarishlar haqida xabardor qildi. 16-iyul sanasida mazkur ish bo‘yicha tinglov bo‘lib o‘tdi va biz zarur barcha ma’lumotni Qo‘mitaga taqdim etildi.

“Biz eng arzon narxlardagi tovarlar tanlovini muntazam asosda va har kun taklif etamiz. Bu mahalliy chakana savdo madaniyatidagi mutlaqo yangicha yondoshuv hisoblanadi hamda mijozlarimiz hayotini nafaqat osonroq, balki qulayroq, unumliroq qiladi. Ushbu yondoshuv mahalliy bozor uchun yangilik ekanligini hisobga olib, biz Qo‘mitada mazkur vaziyat bo‘yicha savollar vujudga kelganini tushunishimiz mumkin va hamkorlikka ochiqmiz, ham o‘z pozitsiyamizni oydinlashtirish, ham ijtimoiy mas’uliyatlarni zimmamizga olishdan xursandmiz” — deya ta’kidladi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i bosh direktori Rud Pedersen.

Biz Korzinkada mijozlarimizni eng arzon narxlardagi sifatli mahsulotlar bilan ta’minlashga, a’lo darajadagi qiymat taklifini yaratishga intilamiz va kelajakda ham “Kundalik xaridlarga eng arzon narxlar” doimiy dasturi doirasida ushbu yo‘nalishda ishlashda davom etamiz, deb izoh berilgan bayonotda.