$
 12668.14
-46.99
 14640.57
-89.91
 161.15
-0.6
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Qoraqalpog‘istonda 9 ta korxona manipulyatsiya harakatlarini sodir etganligi uchun jarimaga tortildi

jarima

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 2024-yil davomida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni birja savdolari orqali realizatsiya qilinishida quyidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan manipulyatsiya harakatlarini (grafiklarni bajarmaslik va kunlik belgilangan hajmlarda mahsulotlarni birja savdolariga qo‘yilmaslik holatlari) sodir etganlik holatlari aniqlandi.

Huquqbuzarlik sodir etgan korxonalar

Jumladan:

“Oltin tola shabbaz” IChK;

“Bo’ston Cluster” MChJ;

“Taxiatosh Don Mahsulotlari” AJ;

“Turan AQ Altin” IChK;

“Amudaryotex” MChJ XK;

“Midastex” MChJ;

“No’kis Agro Cluster” MChJ;

“Turon-Xojeli” MChJ;

“Shimbay May Invest” SHK;

Klaster korxonalarga ish qo‘zg‘atilgan

Yuqorida aniqlangan holatlarga muvofiq, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan klaster korxonalarga nisbatan ishlar qo‘zg‘atilib, natijasi yuzasidan belgilangan tartibda moliyaviy jarimalar qo‘llash haqida qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Qonunchilik talabi

“Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi ga muvofiq: savdolarda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:

savdolarni o‘tkazishning qonunchilikda belgilangan tartibini buzish;

savdolar ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

savdolarning o‘tkazilish jarayoniga va natijalariga ta’sir ko‘rsatish;

savdolarda talabning o‘zgarishiga, narxlarning sun’iy ravishda oshirilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan yolg‘on, asossiz ma’lumotlarni tarqatish;

faqat birja savdolariga qo‘yish yo‘li bilan sotilishi lozim bo‘lgan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlar hajmlarini birja savdolariga qo‘ymasdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha sotish;

birja savdolarida realizatsiya qilinmagan yuqori likvidli va (yoki) monopol mahsulotlarning bir qismini takroran savdolarga qo‘ymaslik kabi me’yorlar belgilangan.