$
 12634.00
8.96
 13710.42
23.61
 148.62
2.51
weather
+26
Кечаси   +14°

Tovuq kontrabandasi

Jartepa bojxona posti

Noqonuniy go‘sht mahsulotlari

Samarqand viloyati, Urgut tumanidagi Jartepa chegara bojxona postida noqonuniy va hujjatlarda ko‘rsatilmagan go‘sht mahsulotlarini olib o‘tishga urinish yuz berdi.

Tadbirkor hujjatlarda ko‘rsatilmagan go‘sht mahsulotlarini Tojikiston hududiga olib o‘tmoqchi bo‘lgan.

22 tonna tovuq go‘shti

Ular hujjatlarda rasmiylashtirilgan boshqa mahsulot bor deya, aslida, go‘sht olib chiqib ketmoqchi bo‘lishgan. 

Bojxona nazoratidan o‘tkazilgan tovarlar esa aslida tovuq go‘shti ekanligi aniqlandi. Ular bojxona organ xodimlarini chalg‘itib, qiymati 380 million so‘mlik, 22 tonna, 8 tonna muzlatilgan tovuq terisi va 700 dona quti ustiga margarin deb yozilgan ichida 14 tonna qiyma holatidagi muzlatilgan tovuqlarni olib o‘tmoqchi bo‘lishgan. 

Jinoyat ishi

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Vaziyatga oydinlik kiritilgunga qadar mahsulotlar maxsus omborda saqlanadi.

Теги :
Жамият