$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Global iqlim moliyalashtirish konferensiyasi — 2024

Konferensiya

8-9-dekabr kunlari doktor Salixov va Ekologiya vazirligi vakillari Xitoyning Guanchjou shahrida “global hamkorlik va yashil kelajak” mavzusida boʻlib oʻtgan Xalqaro Iqlim Investitsiyalari va Moliyalashtirish Konferensiyasida ishtirok etdi. Tadbirning birinchi kuni ochilish marosimi va ekologik texnologiyalar namoyishi bilan oʻtdi. Ikkinchi kunda esa turli mamlakatlar, korporatsiyalar va tadqiqot institutlari vakillari atrof-muhit loyihalari, rejalari hamda BRI Raqamli Platformasi (Belt and Road Initiative) haqida taqdimotlar qilishdi.

Universitet rektori “Ta’limdagi Ekologik Innovatsiyalar” boʻyicha universitet tashabbuslari haqida taqdimot bilan chiqdi. Tashrif davomida BESCIENT TECHNOLOGIES, SPARK TECHNOLOGY PARK va SOLARTECH kabi tashkilotlar bilan kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Tadbirdan soʻng Oʻzbekistonda BRI Atrof-muhit BIG DATA Platformasini joriy etish taklifi alohida ta’kidlandi. Ushbu platforma ekologik monitoring uchun ilgʻor imkoniyatlar va tezkor maʼlumotlar tahlilini taʼminlashga qodir.


Reklama

Теги :
Jamiyat