$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Omad Sug‘urta” sug‘urta kompaniyasining litsenziyasi bekor qilindi

sug

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Omad Sug‘urta” sug‘urta kompaniyasining litsenziyadan mahrum etdi. Avvalroq kompaniya jarimaga tortilgan edi.

Kompaniya bugundan faoliyatini to‘xtatadi

Ma’lum qilinishicha, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) ning 2024-yil 1-noyabrdagi qaroriga asosan “Omad Sug‘urta” AJ tomonidan 1, 2, 3, 5, 7, 8, 9, 10, 11, 12, 13, 14, 15, 16 va 17-sinflar bo‘yicha ixtiyoriy umumiy sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun berilgan 033072-sonli litsenziya 2024-yil 2-noyabrdan bekor qilindi.

Avval ham faoliyati 10 kunga cheklangan

Shuning bilan birga, sug‘urta kompaniyasi avval tuzilgan sug‘urta va qayta sug‘urta shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni belgilangan tartibda bajarishi shartligi ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil sentyabr oyida ILMA “Omad Sug‘urta” litsenziyasining amal qilishini 10 kunga to‘xtatib turgan va qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya qilmaganlik uchun 76,5 mln so‘m miqdorida jarima solgan edi.