$
 12778.00
-9.03
 14012.35
-36.76
 131.58
-1.47
weather
+26
Кечаси   +14°

Neandertallar zamonida ko‘ringan kometa Yerga yaqinlashmoqda

kometa

Oxirgi marta 80 ming yil avval, neandertallar zamonida ko‘ringan kometa Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda CNN xabar berdi. Oktyabr o‘rtalaridan noyabr boshigacha u tungi osmonda mehmon bo‘ladi.

Kometani teleskopsiz ham tomosha qilish mumkin

Osmon jismi yaqinda, 2023-yilda kashf qilingan bo‘lib, C/2023 A3 Tsuchinshan–ATLAS deya nomlangan. Kelayotgan shanba kuni kometa Yerga eng yaqin masofaga (taxminan 71 mln. km) keladi. Quyosh botishi bilan qorong‘u osmonning g‘arbiy qismida paydo bo‘ladi. Ko‘zi o‘tkirlar shundoq ko‘rishi mumkin, boshqalarga esa durbin kerak bo‘ladi.

Kometani tomosha qilish bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir qiladi

“Kometa meteor kabi osmonda uchib o‘tmaydi, bir joyda ko‘rinib turadi, tun o‘tgan sayin asta-sekin joylashuvi o‘zgarib boradi”, — dedi NASAning metoroidlar muhiti bo‘limi rahbari Bill Kuk.

“Kechasi osmonda yorqin kometani ko‘rish ko‘pchilik, ayniqsa bolalar uchun, go‘zal va hayotga ta'sir qiluvchi tajriba,”— deydi Kareta.