$
 12962.98
14.88
 13377.80
-124.48
 123.68
2.67
weather
+26
Кечаси   +14°

Kunning ikkinchi yarmida kofe iste’mol qilish hayot uchun xatarli

kofe

So‘nggi tadqiqotlardan birida olimlar 20 yil davomida 40 000 dan ortiq insonning ma’lumotlarini tahlil qilib, kunning qaysi vaqtida kofe ichish inson organizmiga qanday ta’sir qilishini o‘rganishdi.

Kofe ertalab yoki tush vaqtida ichilsagina foydali

Ma’lum bo‘lishicha, agar kofe ertalab yoki tushgacha ichilsa, undan maksimal foyda olish mumkin. Xususan, kun davomida ikki stakan kofe ichish yurak xastaliklari sababli o‘lim xavfini 31% ga kamaytiradi.

Shuningdek, kofe kunning qolgan vaqtida ichilsa, bunday ijobiy natijalar aniqlanmagan. Ya’ni, kechqurun yoki kun davomida kofe iste’mol qilish hayot uzayishi bilan bog‘liq emas.

Kechqurun iste’mol qilingan kofe uyqu buzilishiga olib keladi

Tadqiqotchilarning fikricha, nafaqat qancha va qanday kofe iste’mol qilishingiz muhim, balki uni qaysi vaqtda ichishingiz ham ahamiyatga ega. Ehtimol, kelajakda vaqtga bog‘liq tavsiyalar yanada katta ahamiyat kasb etadi.

Olimlar kofening ertalab foydaliroq bo‘lishini melatonin ishlab chiqarilishiga ta’siri bilan bog‘lashmoqda. Kechqurun kofe ichish uyqu buzilishiga olib kelib, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir qiladi va yallig‘lanish jarayonlarini kuchaytirishi mumkin.