$
 12136.92
14.85
 14191.70
4.03
 159.99
3.6
weather
+26
Кечаси   +14°

Kitob o‘qish o‘lim xavfini 23 foizga kamaytiradi

kitob

Agar uzoqroq yashashni xohlasangiz, yoningizda doimo kitob bo‘lsin. Tadqiqotlarga ko‘ra, kitob o‘qish nafaqat bilim beradi, balki hayotni ham uzaytiradi. Yel universiteti olimlari 50 yosh va undan katta 3 635 kishining o‘qish odatlarini 12 yil davomida o‘rgandi. Bunda ishtirokchilarini uch guruhga bo‘lindi: birinchi guruh umuman kitob o‘qimagan, ikkinchi guruh haftasiga 3,5 soat (kuniga 30 daqiqa) o‘qigan, uchinchi guruh esa haftada 3,5 soatdan ko‘proq vaqt o‘qishga sarflagan. Natijalar ko‘p o‘qiganlarning o‘lim xavfi 23% past bo‘lganini ko‘rsatdi. Har kuni yarim soat o‘qiganlarning esa o‘lim xavfi 17% kamaygan.

Kitob o‘qish jurnal yoki gazeta o‘qishiga qaraganda ancha foydali

Olimlar kitob o‘qigan odamlar kitob o‘qimaganlarga qaraganda 23 oy ko‘proq yashashini aniqladilar. Bu natijalar turli omillarni, jumladan o‘qish, daromad, sog‘lik, kognitiv qobiliyatlar, oilaviy holat va depressiyani hisobga olib olingan. Demak, kitob o‘qigan odamlarda uzoq umr ko‘rish ehtimoli ko‘proq, agar qolgan barcha sharoitlar teng bo‘lsa.

Ba’zi odamlar, albatta, kitob o‘qishni emas, balki yangiliklarni yoki ijtimoiy tarmoqlardagi postlarni o‘qishadi. Ammo bu turdagi o‘qishlar miyaning rivojlanishiga yordam bermaydi. Tadqiqotchilar kitob o‘qish jurnal yoki gazeta o‘qishiga qaraganda ancha foydali ekanini ta’kidlashdi.

Sababi yangiliklar va postlarni o‘qish yuzaki bo‘lib, miyada chuqur o‘ylashni talab qilmaydi. Kitoblar esa odamni ko‘proq o‘ylashga majbur qiladi va bu chuqur o‘qish deb ataladi. Bu esa kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishda katta yordam beradi.

Uzoq umr ko‘rish uchun aynan qanday kitoblarni o‘qish kerak?

Olimlar uzoq umr ko‘rish uchun qanday kitoblar o‘qish kerakligini hozircha aniq belgilamagan. Ular faqat kitob o‘qishning sog‘liq va hayot davomiyligiga qanday ijobiy ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishgan. Aslida kitoblar o‘qishning sirli foydasi nimada ekanini tushuntirish juda muhim.

Kitob o‘qish kognitiv qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Bu nafaqat so‘z boyligimizni oshiradi, balki diqqatni jamlash, mantiqiy fikrlash va tanqidiy tahlil qilishni ham yaxshilaydi. Bundan tashqari, kitoblar empatiya va emotsional intellektni rivojlantirishga yordam beradi, bu esa ijtimoiy munosabatlarda muvaffaqiyatga olib keladi. Bularning barchasi insonning umrini uzaytirishga hissa qo‘shadi.

Теги :
Jamiyat