$
 12942.01
26.83
 13341.92
50.91
 117.12
1.81
weather
+26
Кечаси   +14°

IIBB telegramda tarqalayotgan yana bir yangi firibgarlik turidan ogohlantirmoqda

kiber

Toshkent Shahar Ichki Ishlar bosh boshqarmasi fuqarolarni telegramda tarqalayotgan firibgarlikning yangi turidan ogohlantirmoqda.

Telegramdan kelayotgan sovg‘a premiumlar xavfli virus bo‘lishi mumkin

Ma’lum bo‘lishicha, firibgarlar Telegram platformasida “Telegram premium 1 yil muddatga yangi yilga sovg‘a” mazmunidagi xabarlar yuborib, platforma foydalanuvchilarini chuv tushirmoqda. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ushbu havola ko‘rinishidagi bunday xabarlar yaqin tanishlar tomonidan yuboriladi. Aslida esa bu xabar tanishlar tomonidan emas, balki firibgarlar tomonidan jo‘natiladi.

“Agar kelgan xabarni ichiga kirib ko‘rsangiz, sizning nomingizdan ham shunday xabarlar kontaktingizdagi tanishlaringizga yuboriladi. Shuningdek, telefoningizga tushgan virus shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘g‘irlaydi. Bank plastik kartangizdagi pullar yechib olinadi”, deyiladi xabarda.

Fayl formatidagi xabarlar zudlik bilan telefondan o‘chirilishi kerak

IIBBga ko‘ra, fuqarolarning telefoniga bunday xabarlar kelsa, uni zudlik bilan o‘chirib tashlash kerak.

Ma’lumot uchun, avvalroq IIBB firibgarlar tomonidan Telegram orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilayotgan edi.