$
 12916.18
-13.74
 13523.24
26.99
 147.60
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
uzfood

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar 12 % keshbekka ega bo‘ladi

QQS

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar ayrim tovarlarni chakana savdo nuqtalaridan xarid qilganda, xarid summasining 1% miqdoridagi oddiy keshbek o‘rniga 12% QQS summasini qaytarib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu haqida ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi

QQS summasini qaytarish tartibi 

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan iste’molchilar QQS summasini qaytarib olish uchun Soliq ilovasini yuklab olib, Face ID yordamida ro‘yxatdan o‘tishlari va xarid chekidagi QR-kodni skanerlashlari lozim. Naqd pul qaytarish (keshbek) miqdorini esa “Keshbek va imtiyozlar” bo‘limida kuzatib borish mumkin.  

QQS qaytarilishida nimalar hisobga olinadi? 

QQS summasini qaytarish uchun bir qancha shartlar bajarilishi talab etiladi. Avvalo, xarid qilingan mahsulot QQS qaytariladigan tovarlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi lozim. Shuningdek, xaridor “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan bo‘lishi shart. Bundan tashqari, mahsulotni sotgan tadbirkor QQS to‘lovchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi kerak.

Теги :
Jamiyat