$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Germaniya O‘zbekistonga grant mablag’larini ajratmoqda

grant

Joriy yilning 14-15-oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Berlin shahrida Germaniya Federal kansleri maslahatchisi Sh.Meyer, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish bo‘yicha Federal vazirligi Davlat kotibi N. Annen, KfW IPEX-Bank va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasining rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi. Yig’ilishda kasb-hunar ta’limi tizimi va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash kabi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarni suveren bo‘lmagan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi

Ma’lum qilinishicha, kasb-hunar ta’limi tizimi va tibbiyot muassasalarini modernizatsiya qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, suv ta’minoti tizimini takomillashtirish loyihalariga imtiyozli va grant mablag‘lari ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, modernizatsiya jarayonlarini, innovatsiyalar joriy etilishi, eksport, korporativ va savdo yo‘nalishlaridagi loyihalarni suveren bo‘lmagan moliyalashtirish to‘g‘risida bitim imzolandi.

Germaniyaning mashhur kompaniyalari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Taʼlim sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, oʻzbekistonlik mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish va kelgusida Germaniya korxonalarida ishga joylashtirish boʻyicha chora-tadbirlar kelishib olindi.

Shuningdek, Germaniyaning Edison Technologies, AMK Global, GessCon, Aurubis, HMS Bergbau, Hypercon Solutions, Binz Automotive, Ernst Klett, Siemens Healthineers, Rhenus Group, Linde, ITEL kabi yirik kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Kompleks chora-tadbirlar ko‘rish masalalari hal qilingan

Kimyo sanoati, geologiya, tibbiyot buyumlari va quyosh panellari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish, qurilish materiallari, uglerod tolasi, zamonaviy logistika markazlarini yaratish kabi O‘zbekistonga oliy darajadagi tashrif chog‘ida kelishilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qo‘shimcha aniq chora-tadbirlar belgilandi.

Shuning bilan birga, muhokama qilingan loyihalarni jadal amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rishga o‘zaro tayyorlik bildirildi. Har bir nemis kompaniyasiga alohida investitsiya menejerlari biriktirildi, ISSV, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi, Germaniya Federal kanselyariyasi va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qoʻmitasi oʻrtasida videokonferensaloqa tarzida muntazam muzokaralar olib borish, loyiha jarayonlarini o‘rganish va zarur tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha ishlarni tashkil qilishning yangi algoritmi kelishib olindi.