$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

O‘tgan yilda 47,5 ming nafar keksalar va nogironligi bor shaxslar dam olish maskanlariga yuborilgan

keksa

2024-yil davomida “IHMA Sanatoriy” tizimi orqali 47,5 ming nafar fuqarolarga xizmat ko‘rsatildi.

Yo‘llanma urush va mehnat faxriylariga ham berilgan

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarda 2024-yil yanvar–dekabr oylarida yo‘llanma bo‘yicha 47,5 ming nafar shaxslarning sog‘lomlashtirilishiga erishildi.

“IHMA Sanatoriy” tizimi 2024-yil fevral oyida ishga tushirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi tizimni raqamlashtirish va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdir. Yangi tizim “FHDYOning yagona elektron arxivi”, “Pensiya jamg‘armasi” va “TIEK” bazalariga to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, barcha ma’lumotlar onlayn ravishda olinadi.

Sog‘lomlashtirilganlarning foiz ko‘rsatkichlari

Ma’lumot uchun: Sog‘lomlashtirilganlarning 25,4 ming nafari yoshga doir pensiya oluvchilar, 19,1 ming nafari I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, 1,8 ming nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar, 1,0 ming nafari urush nogironlari va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, 149 nafari boshqa toifalarga kiruvchi shaxslar hisoblanadi.

Agentlik tasarrufidagi dam olish maskanlarining qabul quvvati

Shuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi dam olish maskanlarining yillik qabul quvvati 51 660 nafarni tashkil etadi. Shu bilan birga, 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra, dam olish maskaniga yo‘llanma olish uchun navbatda turgan shaxslar soni 352 000 dan ziyod ekanligi qayd etilgan.