$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

Mutaxassis fikri: Doimiy yo‘tal jiddiy kasallik alomati bo‘lishi mumkin

yo

Quruq, uzoq davom etadigan va tunda xuruj qiladigan yo‘tal faqatgina shamollashning alomati emas. Uning sababini shifokor tekshiruvi asosida aniqlash mumkin. Ammo doim ham o‘z vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning imkoni bo‘lmaydi. Shunday vaqtda quyidagi tavsiyalar quruq yo‘talni yengillashtirishga va ko‘rikka qadar umumiy ahvolni yaxshilashga yordam beradi.

Uy sharoitida yo‘talni davolash

Yo‘tal aslida organizmning himoya reaksiyasi bo‘lib, uni to‘xtatish kerak emas. Aslida, balg‘am ko‘chishi orqali shamollash sekin-asta ortga qaytadi. Biroq xuruj qiladigan va o‘ta quruq yo‘tal bemorga ko‘plab noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli quruq yo‘talga bunday qoida amal qilmaydi va uni bartaraf etish lozim bo‘ladi. Xalq tabobatida quyidagi usullar mavjud:

  • ko‘krak qafasini uqalash;
  • bug‘li ingalyatsiya;
  • dorivor o‘simliklardan tayyorlangan damlama va suyuqliklar.

Ingalyatsiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Qaynatilgan kartoshka, propolis, efir moyi yoki evkalipt barglaridan foydalanish kutilgan samara beradi. Suyuqlik yoki massa shilliq qavatlarni kuydirib qo‘ymasligi uchun haddan tashqari qaynoq bo‘lmasligi lozim. Ingalyatsiyani oddiy yoki tuzli suv bilan ham qilish mumkin.

Yo‘tal turlari

Yo‘tal ikki xil turda: quruq va nam bo‘ladi. Quruq yo‘talda bemor ko‘proq qiynaladi. Quruq yo‘tal ko‘krak qafasida og‘riq, terlash, nafas olishda qiynalish va tomoq og‘rig‘ini keltirib chiqaradi, ko‘pincha uzoq vaqt davolanishni talab etadi. Nam yo‘tal, aksincha, bronxlardan balg‘am ajralishi tufayli tezroq tuzaladi.

Shuningdek, yo‘talning davomiyligi davriy va doimiydir. Davriy yo‘tal shamollash, bronxit, o‘tkir respirator infeksiyalar va boshqa shu kabi yuqumli kasalliklar uchun xosdir. Doimiy yo‘tal esa jiddiy kasallik alomati hisoblanadi.

Tunda yo‘tal bezovta qilganda qanday damlama ichish kerak?

150 ml qaynoq suv, 2 osh qoshiq kungaboqar yog‘i, ta’bga ko‘ra tuz. Hammasini aralashtiring va iliq holda sekin-asta iching.

mazkur shirinlik uchun bitta tuxum sarig‘i, 1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq sariyog‘ va bir stakan sut kerak. Birinchi bo‘lib tuxum sarig‘ini yaxshilab aralashtirib, unga sut qo‘shing va aralashtirishda davom eting. Keyin sariyog‘ va asal soling. Aralashmani qaynoq holda iching.

Zanjabil ildizining bir bo‘lagini maydalang. Bir stakan qaynagan suvga maydalangan zanjabil va biroz asal solib, aralashtirib iching.

Yo‘talni kamaytirish uchun yostiqni baland qilib qo‘ying va xonada toza, salqin va nam havo almashib turishini taʼminlang.

Bu kabi harakatlar yo‘tal xuruj qilganda tabiiy ravishda yo‘talni kamaytirishga yordam beradi.