$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

JSST vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan kasalliklar ro‘yxatini ma’lum qildi

bakteriya

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tezkor ravishda yangi vaksinalar ishlab chiqish zarur bo‘lgan 17 ta patogen ro‘yxatini taqdim etdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, OIV, bezgak va tuberkulyozga qarshi yanada samarali vaksinalar yaratish bo‘yicha izlanishlarni davom ettirish kerak. Chunki xuddi shu xastaliklar tufayli yiliga 2,5 million kishi hayotdan ko‘z yummoqda.

Birinchi guruh kasalliklariga qarshi emlash vositalari mavjud emas 

Ma’lum qilinishicha, JSST ro‘yxatidan joy olgan birinchi guruhga munsub quyidagi kasalliklarga qarshi hali emlash vositalari mavjud emas: 

A guruhiga kiruvchi streptokokklar, gepatit C virusi;  

OIV-1 (HIV-1) Klebsiyella pnevmoniyasi.

Tez tarqaluvchi viruslarga qarshi emlash vositalari takomillashtirilmoqda

Shuningdek, ikkinchi guruhga mansub quyidagi patogenlarga qarshi vaksinalar yaratilgan, ammo ularni kelgusida yanada takomillashtirish zarur: 

Sitomegalovirus; 

gripp virusi; 

leyshmanioz;  

salmonellyoz; 

norovirus;  

bezgak plazmodiyasi; 

shigella;

tillarang stafilokokk. 

Uchinchi guruhga mansub quyidagi kasalliklarga qarshi vaksinalar esa nazorat qiluvchi organlar tomonidan ro‘yxatga olinish arafasida: 

denge bezgagi; 

B guruhiga kiruvchi streptokokklar; 

ichak tayoqchasi;

tuberkulyoz;

respirator-sinsitial virus.