$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

“Karvon” yoqilg‘i shoxobchalari tekshirildi: natijalar qanday?

karvon

12-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) va “Karvon” MChJga qarashli AYOQSHlarda navbatsiz kirish holatlari, yonilg‘i narxining asossiz oshirilishi hamda “Ai-80” markali benzinning “Ai-92” deb sotilishi haqida ma’lumot tarqaldi. “Oʻzenergoinspeksiya” ushbu holatlar yuzasidan o‘rganish olib bordi.

Agtkshlarda navbatsiz kirish holatlari aniqlanmadi

“Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan Respublika bo‘ylab 68 ta AGTKSH joyiga chiqib tekshirildi. O‘rganish natijasida navbatsiz kirish holatlari kuzatilmadi. Ichki ishlar xodimlari shoxobchalarda tartibni saqlashni nazorat qilayotganligi tasdiqlandi. 

Shuningdek, havo haroratining keskin pasayishi sabab 9-12 fevral kunlari tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha qisqartirilgani, lekin gaz bosimi me’yorga kelishi bilan yetkazib berish tiklangani ma’lum bo‘ldi. 

Benzin narxi va sifati bo‘yicha o‘rganish natijalari

Toshkent shahrida joylashgan “Karvon” MChJga qarashli 5 ta avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYOQSH) o‘rganib chiqildi. Tekshiruv jarayonida “Ai-92” markali benzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, yonilg‘i sifati bo‘yicha qonunbuzarlik holatlari aniqlanmadi, shuningdek, “Ai-80” benzini “Ai-92” sifatida sotilayotgani haqidagi da’volar tasdiqlanmadi. Yana bir muhim jihat shundaki, mazkur AYOQSHlarda sotilayotgan “Ai-92” markali benzinning 1 litri 10 700 so‘m etib belgilangan. 

Bundan tashqari, “Oʻzenergoinspeksiya”ning Toshkent Markaziy nazorat kimyo laboratoriyasi tomonidan 2025-yil davomida “Karvon"” MChJga qarashli 14 ta AYOQSHda sotilayotgan avtobenzinning sifati tekshirilib, barcha natijalar ijobiy chiqqan. 

Теги :
Jamiyat