$
 12998.91
13.9
 13439.57
154.61
 131.29
1.45
weather
+26
Кечаси   +14°

Qirg‘izistonda kartoshka eksporti vaqtincha taqiqlanishi mumkin

kartoshka

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligi ushbu choralar mahsulotlarning narxi keskin oshib ketishining oldini olish maqsadida amalga oshirilayotganini ma’lum qildi. Yaqinda Qozog‘iston Respublikasi 28-yanvardan boshlab kartoshka eksportini olti oyga to‘xtatishini ma’lum qilgandi. Bu esa O‘zbekiston ichki bozorida kartoshka narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lgan edi.

Oziq-ovqat xavfsizligi masalasi

Qirg‘iziston Qishloq xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, bu chora ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning narxi keskin oshib ketishining oldini olish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ko‘rilmoqda. 1-fevral kuni bosh vazir o‘rinbosari, suv resurslari, qishloq xo‘jaligi va qayta ishlash sanoati vaziri Bakit Torobayev oziq-ovqat mahsulotlarining narx siyosati bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Narxlar ustidan nazorat

Iqtisodiyot va savdo vazirligi, Monopoliyaga qarshi tartibga solish xizmati hamda mahalliy hokimiyat organlariga narxlar ustidan nazoratni kuchaytirish vazifasi topshirildi.

Теги :
Jamiyat