$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

АТТО transport kartalarini o‘yin orqali yutib olish mumkin emas

Atto kartasi

Transport vazirligi so‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda АТТО transport kartalarini go‘yoki o‘yin orqali yutib olish mumkunligi haqida  yolg‘on xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

 Virtual firibgarlikning yangi ko‘rinishi

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda АТТО transport kartalarini go‘yoki o‘yin orqali yutib olish mumkunligi haqida yolg‘on xabarlar tarqalmoqda. Humatli fuqarolar bu kabi ma’lumotlar haqiqatga mos kelmaydi.

Vazirlik fuqarolardan bu kabi yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka hamda virtual firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

Shubhali havolalarga kirmaslik aytilmoqda

Shuningdek, Transport kartalarini buyurtma qilish yoki chegirma bilan sotib olish mumkinligi to‘g‘isidagi shubhali havolalarga aslo kirmaslik ta’kidlanmoqda.

Barcha rasmiy yangiliklar va takliflar faqatgina “ATTO” rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.