$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Gulnora Karimova ishi: Shveysariya banki pul yuvishda ayblanmoqda

Karimova

Shveysariyaning Lombard Odier xususiy banki pul yuvish boʻyicha jinoiy ishda ayblanuvchiga aylandi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, bank Gulnora Karimova tomonidan tashkil etilgan “Ofis” tashkilotining daromadlarini yashirishga koʻmaklashgan. Bu haqda Shveysariya Bosh prokuraturasi rasmiy saytida xabar berilgan, deb yozmoqda Financial Times nashri.

Bank menejiriga ham ayblov e’lon qilingan

Ayblov xulosasiga koʻra, Lombard Odier toʻqqizta shubhali bank hisobvaraqlarini ochish va boshqarishda pul yuvishga qarshi kurashish standartlari va ichki koʻrsatmalarga rioya qilmagan.

Shuningdek, 2005-yildan 2012-yilgacha boʻlgan davrda Karimovaning pul yuvish sxemasida asosiy rol oʻynagan bankning sobiq mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejeriga ham ayblov eʼlon qilingan.

Bank va uning sobiq xodimiga qarshi tergov 2016-yil oxirida boshlangan boʻlib, endi ularga rasman ayblov eʼlon qilinmoqda.

“Ofis” tashkiloti hech qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan

Tergov maʼlumotlariga koʻra, “Ofis” tashkiloti hech qanday tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmagan va xodimlari boʻlmagan. U faqatgina jinoiy yoʻl bilan topilgan mablagʻlar oʻtkazilishini yashirish uchun tashkil etilgan. Ushbu mablagʻlar Oʻzbekiston telekommunikatsiya sektoridagi korrupsion bitimlar natijasida olingan, deya taʼkidlamoqda Bosh prokuratura.

Ushbu kompaniya uchun toʻqqizta hisob ochilgan

Ayblanuvchi xodim ushbu kompaniya uchun toʻqqizta hisob ochgan va ular pul yuvish uchun foydalanilgan. Ushbu hisobvaraqlarning benefitsiar egalari haqidagi maʼlumotlarda Karimova yagona egasi boʻlgani uchun yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan.

Xodim bankda ishlagan paytida “Ofis”ning jinoiy faoliyatiga koʻmaklashish, jumladan, hisobvaraqlardagi mablagʻlarning kelib chiqishini aniqlashga toʻsqinlik qilish maqsadida qoidabuzarliklar sodir etgan.

“Ofis”ning ruxsat berilmagan aʼzosi uchun ruxsatnoma

2011-yil noyabr va 2012-yil iyun oylarida u “Ofis”ning ruxsat berilmagan aʼzosiga Lombard Odiyerʼdagi “Ofis” bank hisobraqami bilan bogʻliq seyfga kirishga hamda pul oʻtkazmalarini oqlash uchun yuridik himoya vazifasini bajargan hujjatlarni olib tashlashga yoki barcha hujjatlarni boshqa seyfga oʻtkazishga ruxsat bergan, deyiladi xabarda.

Karimovaning bankdagi aktivlari

Maʼlumotlarga koʻra, Gulnora Karimovaning Lombard Odiyer bankida quyidagi aktivlari boʻlgan:

·      Takilant kompaniyasi hisob raqamlarida 359 935 800 dollar;

·      Tozian Services Ltd kompaniyasi hisob raqamlarida 194 935 700 dollar;

·      Cabersana SA kompaniyasining hisob-kitob schyotida 800 ming dollar;

·      Avakyan G. nomidagi hisob raqamida 500 ming dollar.

Karimovani “sotib olish” rejasi

Ma’lumot uchun, 2023-yil sentyabr oyida Shveysariya Bosh prokuraturasi jinoiy tergov yakunlari boʻyicha 2023-yil 28-sentyabr kuni Karimovaga nisbatan ayblov xulosasini Jinoyat ishlari boʻyicha Federal sudga taqdim etgan edi.

Ayblov xulosasiga koʻra, Oʻzbekiston telekommunikatsiya sektoriga kirib ishlashni istagan xorijiy kompaniyalar “Ofis” tarkibiga kiruvchi kompaniyalar orqali Karimovani “sotib olishlari” kerak boʻlgan.

Eslatib o‘tamiz, Gulnora Karimova 2019-yilning bahoridan buyon Toshkent viloyatidagi koloniyada jazosini oʻtamoqda. 2020-yil mart oyida Oliy sud uni jinoiy guruh tuzish, firibgarlik, talon-toroj qilish va boshqa jinoyatlar boʻyicha 13 yil 4 oyga ozodlikdan mahrum qilgani maʼlum qilingan edi.

Теги :
Jamiyat