$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Kamharakatlilik sport bilan muntazam shug‘ullanadigan insonlarda ham yurak kasalliklari xavfini oshiradi

kamharakatlilik

Xalqaro olimlar guruhi tomonidan kamharakat hayot tarzi, xususan, stulda uzoq vaqt o‘tirish yurak-qon tomirlari kasalliklari hamda bevaqt o‘lim xavfini oshirishi aniqlandi. Achinarlisi, bo‘sh vaqtda hatto ma’lum jismoniy harakatlar bilan shug‘ullanish ham foyda bermasligi mumkin. Bu haqda yangi tadqiqot natijalariga tayanib CNN xabar bermoqda.

Jamoat salomatligi uchun muhim tavsiya

Ma’lum qilinishicha, Amerika kardiologiya kolleji jurnalida e’lon qilingan tadqiqotda aytilishicha, olimlar bir hafta akselerometr taqib yurgan qariyb 90 ming ishtirokchining ma’lumotlarini o‘rgandi. Ular tajriba ishtirokchilarining o‘tirgan va faol holatda o‘tkazgan vaqtlarini keyingi yillarda aniqlangan insult, yurak xurujlari va yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan taqqoslab chiqdi.

 

Tadqiqotda aniqlanishicha, kam harakatli turmush tarzi nafaqat yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshiradi, balki ortiqcha o‘tirishning muayyan zararlari haqida umumiy tasavvur beradi.

“Biz odamlarga kuniga imkon qadar 10 soatdan ortiq o‘tirmaslikni qat’iy tavsiya qilamiz. Bu qat’iy chegara emas, lekin buni jamoat salomatligi uchun birinchi oqilona qadam deb hisoblaymiz”, dedi Ajufo.

Shuningdek, kun davomida haddan tashqari uzoq vaqt o‘tirish salbiy oqibatlarga olib kelishi haqiqat. Chunki mushaklar qondagi shakar va yog‘ miqdorini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘z vazifasini yaxshi bajarishi uchun esa harakat zarur.

“Kompyuter qarshisidagi ishdan bo‘sh vaqtni jismoniy faollik bilan o‘tkazish mushaklarga o‘z vazifasini bajarish uchun zarur rag‘batni beradi, buning uchun ko‘p kuch sarflash shart emas”, demoqda shifokor Dias.

Jismoniy faollikni kichik qadamlardan boshlash kerak

Agar kun bo‘yi ofisda o‘tirsangiz va asosiy harakatlanish ishga borib-kelishdan iborat bo‘lsa, o‘tirishning chegarasi 10 yarim soatlik vaqtga tezda yetib olishingiz mumkin.

“Tik turib ishlaydigan stol sotib olish muammoning yechimi bo‘lmaydi. Bir joyda qimirlamasdan turish mushaklarga shakar va yog‘larni samarali parchalash uchun zarur bo‘lgan harakatni ta’minlamaydi”, demoqda olim.

Ayrim uchrashuvlarni sayr qilish tarzida o‘tkazish ham foydadan xoli emas

Mutaxassisning aytishicha, velosiped yoki yugurish yo‘lakchasi o‘rnatilgan ish stoli foyda berishi mumkin. Ayrim uchrashuvlarni sayr qilish tarzida o‘tkazishni ham sinab ko‘rish mumkin. Har yarim-bir soatda bir necha daqiqa turib yurishni yoki bir vazifani tugatgach, keyingisiga o‘tishdan oldin qisqa tanaffus qilish ham foyda beradi.

“Uzoq vaqt o‘tirish turmush tarziga amal qilsangiz ham, yuqorida ta’kidlangan tartib va yo‘llar orqali mashq qilsangiz, kun bo‘yi o‘tirib, sport bilan shug‘ullanmagan odamga qaraganda ancha sog‘lomroq bo‘lasiz”, deydi mutaxassis.