$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

O‘zbekistonda 4,2 million nafar kambag'al mavjud — BMT hisoboti

kambag

BMTning Taraqqiyot dasturi 2023-yil uchun O‘zbekistonda kambag‘allik indeksi bo‘yicha hisobotini eʼlon qildi. Hisobotga ko'ra, O‘zbekistonda so‘nggi yigirma yil ichida sezilarli darajada iqtisodiy o‘sish kuzatilib, qashshoqlik darajasi 2000-yildagi 24 foizdan 2020-yilda 11,5 foizgacha pasayib, 2,2 million kishi qashshoqlikdan xalos bo‘lgan. Geosiyosiy taranglik, mehnat migratsiyasi, energetik inqirozlar va ekologik muammolar qashshoqlikdan xalos bo‘lishga qaratilgan sa’y-harakatlarning murakkabligini oshirgan. Hozirda mamlakatda 4 milliondan ortiq aholi kambag‘allikda yashamoqda, shunga hos ravishda hukumat tomonidan kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Kambag'allik indeksi

Hisobotda ma'lum qilinishicha, O‘zbekistonda katta yoshdagi aholining taxminan 18,4 foizi (4,2 million nafar fuqaro) kambag‘allik chegarasidan past darajada yashamoqda. Hisobotni tuzishda asos qilib olingan 34 ta indikator shunday xulosaga kelishga imkon bergan. Kambag‘allik indeksida aholi shart-sharoitining iqtisodiy indikatorlarga muvofiq kelish intensivligi 43,7 foizni tashkil etadi. Yaʼni, o‘rtacha hisoblanganda, katta yoshdagi har bir fuqaro hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning kamida uchdan bir qismida keltirilgan imkoniyatlardan foydalana olmaydi.

Muammoli mavzular

Taraqqiyot dasturining kambag‘allik indeksi, aslini olganda, aholi ijtimoiy-iqtisodiy holatidan tashqari, fuqarolar tomonidan o‘z huquqlari va ular uchun yaratilgan sharoitlardan foydalana olish imkoniyatini ham nazarda tutgan bo'lib, kmbag‘allik indeksini tuzib chiqishda, asosan, taʼlim darajasi (13,7 foiz), oziq-ovqat xavfsizligi (11,7 foiz) va norasmiy bandlik (11,5 foiz) sektori haqidagi maʼlumotlar muhim rol o‘ynagan. Aholi segmentlarining kambag‘allik darajasidan pastda deb belgilanishi uchun asos bo‘lgan kam shart-sharoitli sohalar qatorida sanitariya (14,0 foiz), bank hisobi (13,9 foiz), taʼlim darajasi (13,2 foiz), yoqilg‘i (13,0 foiz) tarmoqlari muammoli mavzular sifatida keltirilgan.

Kambag‘al aholi qatlami hududlar kesimida

BMT hisobotida barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kambag‘al aholi qatlamining eng katta ulushi Qoraqalpog‘iston Respublikasi (29,9 foiz), Namangan viloyati (27,5 foiz) va Toshkent viloyatida (26,5 foiz) ekanligi qayd etilgan. Aholi daromadlari, ijtimoiy taʼminot olishga imkoniyat, yoqilg‘i resurslari yetishmovchiligi indikatorlariga ko‘ra, ushbu hududlar qolgan viloyatlarga qaraganda bir muncha salbiy natija qayd etgan. Chekka va qishloq hududlarida reyting juda past. Yirik shaharlarda kambag‘allik indeksi o‘rtacha, 13,9 foizni tashkil etsa, nisbatan olis hududlarda 23,2 foizni tashkil etishi aytilgan.

Ayollar va erkakalar o'rtasidagi farq

Hisobotda shuningdek, O‘zbekistonda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi kambag‘allik darajasi tafovutlariga ham eʼtibor qaratilgan. Erkaklarda indeks 21,6 foizni, ayollar o‘rtasida esa 15,2 foizni tashkil etgan. Bundan tashqari O‘zbekistonning kambag‘allikni qisqartirish borasida erishgan yutuqlari va istiqbolli rejalari haqida ham aytib o‘tiladi. Unga ko‘ra, mamlakatning so‘nggi 20 yildagi islohotlari tufayli kambag‘allik darajasi 2000-yildagi 24 foizdan 2022-yilda 11,5 foizga pasaygan. Hukumatning harakatlari tufayli 2020-yilga kelib 2,2 million kishi qashshoqlik chegarasidan olib chiqilgan.

Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar

Hisobotda O‘zbekistonning 2026-yilgacha qashshoqlikni ikki baravar kamaytirish va 2030-yilgacha o‘rtacha aholi daromadi darajasiga erishish bo‘yicha oldiga qo‘ygan maqsadlariga alohida urg‘u berilgan. Hukumat tomonidan 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan rivojlanish strategiyasi va O‘zbekiston-2030 davlat dasturi barqaror va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga erishish va investitsiyalarni jalb qilish borasida muhim omil bo‘lgani taʼkidlangan. Hisobot O‘zbekiston tomonidan ilgari surilayotgan 2030-yilgacha mamlakatda qashshoqlikni to‘la bartaraf etish rejasi chuqur asoslarga ega ekanligiga ishonch bildiradi. Mamlakat mo‘tadil rivojlanishni taʼminlamoqda. Bu esa kambag‘allikka qarshi kurashdagi eng katta omil sifatida ko‘riladi.