$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

firibgar

So‘nggi paytlarda firibgarlik bilan bog’liq jinoyatlar avj olmoqda. Shu sababli Bosh prokuratura huzuridagi Departament bir qator hududlarda tezkor reyd tadbirlarini o‘tkazib, uy-joy firibgarligi bilan bog'liq jinoyatlarni fosh qildi.

Firibgar 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan

Ma’lum qilinishicha, Departamentning Marg‘ilon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.T. fuqaro Sh.Yu.ning ishonchiga kirib, 4 200 AQSh dollari evaziga Farg‘ona shahridagi hokimlik balansidagi orderli uyni uning nomiga rasmiylashtirib berishini hamda uy-joy sotib olish uchun subsidiya olib berishini va’da qilib, oldindan 1 200 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuning bilan birga, Departamentning Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.K.S.” MCHJ rahbari A.A. (muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan) fuqaro M.K.ning ishonchiga kirib, uning “Zarqo‘rg‘on” MFYdagi xonadonining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishi evaziga 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.